Skip to content

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedira mudiri

Baratboev Botirali Mamadjanovich

Dotsent

Tel: +998912018140

Qoʻqon davlat pedagogika institutining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yoʻnalishi 2011yilda Pedagogika fakulteti  “Umumtexnika” kafedrasi huzurida tashkil topgan. Mazkur  kafedra  huzurida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yoʻnalishi 2015 yilga qadar koʻplab ishlarni amalga oshirdi va institut miqyosida oʻz oʻrniga ega boʻldi. 2015 yilning sentyabrida yoʻnalishdagi ta’lim sifatini oshirib borish yoʻlida “Tasviriy san’at va muhandislik  grafikasi” mutaxassislik  kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada 2 nafar pedagogika fanlari nomzodi va dotsent, 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasi badiiy akademiyasi a’zosi va 4 nafar oʻqituvchi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Professor-oʻqituvchilar yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashda alohida jonbozlik koʻrsatib kelmoqdalar. Bitiruvchi talabalarning eng a’lochilari magistraturalarga oʻqishga kirmoqdalar. Bitiruvchilar maktablarda oʻquvchilarga “Tasviriy san’at” va “Chizmachilik” fanlaridan oʻquvchi yoshlarga ta’lim berib kelmoqdalar. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yoʻnalishida iqtidorli talabalar fan olimpiada va tanlovlarda ishtirok etib viloyat va Respublikada faxrli oʻrinlarni egallamoqdalar. Kafedra Respublikadagi koʻplab oliy ta’lim muassasalari va maktablari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Xususan tayanch oliy ta’lim muassasasi boʻlgan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Fargʻona davlat  universiteti, Komoliddin Behzod nomidagi MRDI va boshqa universitetlar bilan ilmiy-ijodiy, ma’naviy  va marifiy yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Kafedra professor-oʻqituvchilari va talabalari  hamjihat boʻlib yoʻnalishi nomini oʻzlarining ilmiy va ijodiy ishlari bilan yuqori choʻqqilarga olib chiqishga intilmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari: Abdullayev Alimardon Xaydarovich, Ikromov Muxammad-Anasxon Xakimjon-oʻgʻli, Sattorova Sarvinozxon Ortiqboy qizi, Sharabayev Ulugʻbek Muxamedovich, Ergashev Madaminjon Yuldashevich, Ergasheva Orifaxon Xolmuratovna