Musiqa ta’limi
Musiqa ta’limi kafedira mudiri
Nosirov Dilmurod Tursinovich
Telefon: +998911562128
Musiqa ta’limi kafedrasi 1990 yil may oyidan BTM fakulteti qoshida mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. 1991 yili birinchi marta “Musiqa oʻqituvchisi” ixtisosligi boʻyicha kunduzgi va sirtqi boʻlimlarga oʻqishga qabul qilinib, talabalar oʻqitila boshlandi. 1996 yili kafedra mustaqil boʻlim sifatida ish boshladi. 1998 yil yili esa fakultet maqomi berildi. Shu kungacha koʻplab mutaxassislar ushbu fakultetda oʻqishni tamomlab, Xalq ta’limi tizimida musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi vazifasida va ta’limning turli jabhalarida faoliyat olib bormoqdalar. Yoʻnalishda fan nomzodlari, faxriy professor, katta oʻqituvchilar va tajribali pedagoglar faoliyat olib borib yoshlarga musiqa fanlari boʻyicha ta’lim – tarbiya berish bilan bir qatorda nafosat tarbiyasini berib kelganlar. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarilishida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Dastlab, musiqa fakultetida — ikkita kafedra “Vokal va xor ijrochiligi”, “Musiqa ijrochiligi” kafedralari faoliyat koʻrsatgan. 2005-yildan musiqa fakulteti va pedagogika fakultetlari birlashtirilib, Pedagogika fakulteti deb yuritila boshlandi. Musiqa kafedrasi pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralardan biriga aylantirildi. Kafedrada hozirgi kunda p.f.n, dosent, katta oʻqituvchilar, oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Yoʻnalishda 263 nafar talabalar taxsil olmoqdalar. Oʻtgan yillar mobaynida ilmiy va ilmiy uslubiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, oʻquv tarbiyaviy ishlar amalga oshirildi. Kafedrani pfn, dosent Gʻ.M.Najmetdinov va katta oʻqituvchi Sh.A.Turdiyev koʻp yillar mobaynida mudir sifatida faoliyat koʻrsatib boshqarib kelganlar.
Kafedra oʻz faxriylariga ega. Jumladan, kafedrada koʻp yillar faoliyat koʻrsatib nafaqaga chiqqan professor D.Gʻofurov , Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq Ta’limi a’lochisi” nishondori F.A.Zilyaeva, oʻqituvchilar M.Ibragimova, A.Nuriddinov, M.Boymatovlar xaqiqiy ma’nodagi faxriylarimizga aylanishgan. Oʻtgan yillar mobaynida yoʻnalishda taxsil olgan 2 nafar talaba qizlarimiz Salohitdinova Dinora va Mirzajonova Nargiza Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibalari boʻlishgan. Kafedra oʻqituvchilari Respublika va halqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi.Yoʻnalishda 12 nafar “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari, Xalqaro festivallar va nufuzli koʻrik tanlovlar laureatlari tahsil olishmoqda.Jumladan: Talaba A.Holmatov Italiya mamlakatida oʻtkazilgan Xalqaro musiqa festivalida laureat boʻldi. Omonova Dildora Nizomiy nomidagi TDPU da “Musiqa nazariyasi” fani boʻyicha Olimpiadada fahrli II-Darjali diplom bilan taqdirlandi. Qoʻqon DPI da oʻtkazilgan rus tili fani boʻyicha Respublika fan olimpiadasida faxrli I-o‘rinni egalladi.
Kafedramiz a’zolaridan Gʻ.Najmetdinov 2018 yilda “Musiqa oʻqitish metodikasi va maktab repertuari” darsligini yaratdi.G.Najmetdinov tomonidan umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun darsliklar, musiqa madaniyati darslarini zamon talablari asosida tashkil etish uchun uslubiy qoʻllanmalar va koʻplab maqolalar nashr ettirildi. Eng quvonarlisi, talabalar bilan hamkorlikda nashr ettirilgan ilmiy ishlar diqqatga sazovordir. Shu yoʻsinda iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2019 yilda kafedra oʻqituvchisi D.Namozova tomonidan “Musiqa oʻqitish texnologiyalari va loyihalash” nomli oʻquv qoʻllanma yaratildi. Kafedra oʻqituvchisi M.Djumaboyeva “Dirijyorlik” nomli qollanma yashri uchun grif oldi.
Yoʻnalishimizda tashkil etilayotgan ishlarimizning asosiy qismini ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar tarkibiga kiradi. Fakultet, institut, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi koʻplab ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelamiz. Kafedra qoshida turli toʻgaraklar tashkil etilgan boʻlib, ushbu toʻgaraklar talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. “Talantlarni izlaymiz”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi koʻplab Respublika miqyosidagi tanlovlarda talabalar va professor-oʻqituvchilarimiz muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Kelajakda kafedra faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilgan.Kafedra pedagogik – xodimlar jamoasi oldiga zamonaviy axborot – texnologiyalari, zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim va tarbiya bera oluvchi yosh mutaxassis pedagog kadrlar (BAKALAVR) tayyorlash, oʻquv – uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Hozirda kafedra Rossiya Federatsiyasining nufuzli OTMlari bilan oʻzaro hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻydi.Oxirgi yillarda kafedra a’zolari tomonidan Respublikamizda va chet ellarda koʻplab ilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalar, tezislar nashr ettirildi. Ushbu nashr ettirilgan ishlarning barchasi musiqa ta’limi va uni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ishlardir. 2019 yilda “Musiqa ta’limi kafedrasi” San’at fakulteti tarkibiga kiritildi.
O’qituvchilar: Asqarova Sohiba Muhammadjonova, Jumaboyeva Mukaddas Shavkatovna, Kobilova E’zozxon Bakirovna, Madaminov Nasimjon Xoljurayevich, Najmetdinov gʻayrat Mamajonovich, Rasulova Saida Sobirovna, Sobirova Oygul Alimovna, Tillaxoʻjayev Orif Tursunovich, Turdiyev Shavkat Axmedovich, Fozilov Kahramon Madaminovich, Shodiyeva Gavxar Eminjonovna.