Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim kafedirasi mudiri
Nazirova Guzal Malikovn
Pedagogika falsafa fanlar doctori(PhD), Dotsent.
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi uzoq yillik tarixga ega bo`lib,U dastlab 1945-yil fevral oyida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko`rsatgan unga dastlab Z.Qulliyev mudirlik qilgan. 1973-yil O`zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida “Maktabgacha tarbiya” gruppasi ochildi.1974-yil kuzida Boshlang`ich ta`lim metodikasi gruppasi bilan Maktabgacha tarbiya gruppasi birlashtirilib mustaqil pedagogika fakulteti tashkil etildi. Makatbgacha tarbiya kafedrasiga dastlab p.f.n., dosent Kalonxo`jaeva Zuxra Akramovna mudirlik qilgan. 1987-yilda ushbu kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya metodikasi” kafedrasi nomiga o`zgartirilgan,unga tajribali pedagog-olima,pedagogika fanlari nomzodi S.Nabiyeva raxbarlik qilgan. 1998-2000 yillarda kafedra mudiri lavozimida p.f.n., dosent S.Obidjonova faoliyat ko`rsatgan.
2001-2003 o`quv yilida “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi BTM kafedrasi negizida tashkil topdi va kafedraga f.f.n., dosent S.Tuychiyev rahbarlik qilgan. 2003-2007 yillarda p.f.n., dosent M.Tolipov, 2007-2008 yillarda p.f.n., dosent N. Erkaboyeva, 2008-2010 yillarda f.f.n., dosent S.Nabiyeva, 2010-2012 yillarda katta o`qituvchi N.Xo`janazarova, 2012-2013 yillarda katta o`qituvchi M.Esonova, 2013-2017 o`quv yilidan p.f.n., dotsent S.Muxamediyeva kafedra mudiri lavozimida ishlab faoliyat yuritib kelgan.
2018-2021 yil p.f.n., dotsent M.M.Umarova kafedra mudiri lavozimida faoliayat yurutgan.
2021-yil iyun oyidan xozirgi kunga qadar tajribali pedagog olima p.f.f.d.PhD. Dots Nazirova Guzal Malikovna rahbarlik qilib kelmoqdalar.
2021-2022-o`quv yilidan Maktabgacha ta`lim kafedrasi tarkibida yangi “Maktabgacha psixologiyasi va pedagogikasi” yo`nalishi ochildi.