Skip to content

Axborot resurs markazi

Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 39989 nomda, 166366 nusxani tashkil etadi. Jumladan, 2030 nomda, 27907 nusxa (4 nomda, 80 nusxa) nusxada darslik, 3257 nomda, 40237 nusxa (9 nomda, 295 nusxa) nusxada o‘quv qo‘llanmalar, 4422 nomda, 10941 nusxa (4 nomda, 30 nusxa) ilmiy adabiyotlar, 612 nomda 6757 ta nusxada xorijiy adabiyotlar, 18912 nomda, 40467 nusxa (3 nomda, 21 nusxa) badiiy adabiyotlar va 11516 nomda 46224 ta nusxada boshqa turdagi adabiyotlardir. Fond 2023-yilda 35 jami 1094 sonda  yangi kitoblar bilan to‘ldirildi.

Institut ARM o‘quv zallari 190 o‘rinli bo‘lib, qamrov 10 % ni tashkil qiladi.

Axborot-resurs markazida 2 smenada (1-smena 08:30 dan 16:30 gacha, 2-smena 14:00 dan 21:00 gacha) faoliyat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilgan. Tabiiy fanlar, Fizika-matematika, O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti fakultetlari hamda Talabalar turar joylarida 420 nomdagi o‘quv adabiyotlari   QR kodli kitob javoni ishga tushirilgan.

Institutda jami 101 dona kompyuter texnologiyalari talabalar foydalanishi uchun ajratilgan. Jumladan, ARMda 61 dona va raqamli ta’lim texnologiyalari markazida 10 dona, Talabalar turar joylarida 30 donani tashkil qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim tizimiga Elektron kutubxona platformasini joriy etish va doimiy faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 13-iyuldagi 225-sonli buyrug‘iga asosan Axborot-resurs markazida 7 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. belgilangan muddat davomida unilibrary.uz platformasiga  15 250 ta elektron darslik va o’quv-qo’llanmalar va badiiy adabiyotlar joylandi.

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish maqsqdida ARM ga server o‘rnatish va internet tarmog‘ini yaratish uchun SERVER qurulmasini o‘rnatildi.

Axborot-resurs markazi qoshida fan sohalariga oid to‘garaklar ochilgan. Matematika kafedrasi qoshidagi “Armas matematika” haftada har kuni, “Speaking club” haftada ikki kun, “Study English” haftada ikki kun, “Govorim po-russki”  tugaraklari xafta kunlariga bo‘lib o‘tiladi.

Axborot-resurs markazida 04.02.2023 sanasida “Alisher Navoiyning 582-yilligi hamda Z.M.Boburning 540-yillik tavallud ayomlariga bag‘ishlab “Alisher Navoiy buyuk mutafakkir”, “Bobur shoh va shoir nomli” kitoblar namoyishi tashkil etildi., 08.02.2023.“ Nazm gulshanining sarvari” nomli adabiy musiqali kecha o‘tkazildi, 9.02.2023. Qo‘on shahar 7-musiqa maktabida byyuk ajdodlarimizdan Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 582-yilligiga va Z.M.Bobur tavalludining 540-yilligiga bag‘ishlangan shahar tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  ARM xodimlaridan Mirqubonova M., Muhammedova X.lar  A.Navoiy va Z.M.Bobur asarlaridan tayyorlangan kitoblar ko‘rgazmasini namoyish etdilar. Tashkil etilgan ko‘rgazma haqida Qo‘on shahar Muloqot telestudiyasiga interviyu berildi. 13.02.2023. Axborot -resurs markaziga olingan yangi olingan kitoblarga bibliografik obzor berildi. 25.02.2023. Axborot -resurs markaziga “Yosh kitobxon ko‘rik tanlovini institut yaruniy bosqichi bo‘lib o‘tdi”. 1.03.2023. Shoira Zulfiyahonim tavalludining 108-yilligiga “Zebu zabarim Zulfiyahonim” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada “Zulfiya-sadoqat va vafi kuychisi” nomli kitoblar taqdimoti namoyish etildi. 15.03.2023. Abdulla Oripov tavalludining 82-yilligiga bag‘ishlab “Ijod bog‘i nihollari” nomli ko‘rik tanlov tashkil etildi. Tanlovda “O‘kir qalam sohibi”nomli kitoblar taqdimoti namoyish etildi. 17.03.2023. Milliy hunarmandchilik va amaliy sanat fakultetida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab kecha o‘tkazildi. Kechada ARM hodimlari tomonidan “Qadriyatlarimizni e’zozlaymiz”nomli kitoblar taqdimoti tashkil etildi. 2023-yil davomida Respublikamizda chop etilayotgan 69-nomda, 355- sonda jami 149 344 208,00 so‘mlik obuna  bo‘lindi. Axborot – resusr markazining Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti qoshidagi Axborot-resurs markazi  filiali ochildi va 1-2-3-TTJ larda kichik kutubxonalar tashkil etildi.  Rejada 2023-yillarga yangi kitoblarni xarid qilish ro‘yhatlari jamlanmoqda. Adabiyotlar va elektron axborotli resurslar bo‘limida professor-o‘qituvchilar va talabalarga xizmat ko‘rsatiladi.Kuniga 230-250 ta talabaga xizmat qilinib, hozirgi kunda 8568 ta talaba a’zo bo‘ldi. Kitob fondlarini boyitish maqsadida internetdan kitoblar tortilib elektron variantlari jamlandi.Yil davomida o‘qituvchi va talabalarning qarzdorliklarini jadvalga solib har bir bo‘limlarga chiqarilib fondlarni jamlab kelinmoqda. Birinchi kurs talabalariga farmulyarlar ochib to‘ldiriladi Hozirgi kunda mazmunan eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigon kitoblarni invrntarizatsiyadan o‘tkazilib, kitob fondidan chiqarishga tayyorlanmoqda. Yil davomida olingan kitoblarga alfavitli va sestemali kartochkalar 3 nushada yoziladi. Kundalik vaqtli matbuot nashirlariga mavzular bo‘yicha kartichkalar yozib boriladi.

Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yiliga atab, Prezidentimiz qarorlariga asosan Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050-yilligiga va Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bag‘ishlangan kartotekalar tuzildi. Bibliografik tavsiya ro‘yhatlari: Amur Temur, Muhammad Yusuf, Alisher Navoiy, Usmon Nosirlarning tavallud kunlariga bag‘ishlab tuzildi. 225 ta talabalarning mavzu so‘rovlariga manbalar topib berildi.

Axborot-resurs markazi bazasidagi mavjud kitoblarni elektron shakilga o’tkazishda zarur texnika CZUR skaner aparatidan 4 dona Audio elektron kitoblar yaratish uchun jixozlangan maxsus kompyuter olindi. Axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish hozirgi kunda 1 394 ga etdi. Elektron baza 53000 dan 57017 ga ko‘paytirildi va bazalarni saralab chiqildi.