Skip to content

BIZNING JAMOA

Fizika-matematika fakultetiga 1931 yilda matematika fani o’qituvchilarini tayyorlash guruhi sifatida asos solingan. Fakultet dekani lavozimida turli yillarda A.I.Xaritonov, M.Muxammedov, M. Madaliyev, X.Fozilov, X.Mavlonqulov, Sh. Soliyev, N. Sheraliyev, S. Nosirov, I. Qo’qonboyev, B.Mamadaliyevlar faoliyat olib borishgan. Hozirgi kunda Poʻlatov Sharifjon Yigitaliyevich Fizika – matematika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Fakultetda:

 

60110600-“Matematika-informatika”

 

5110100-“Matematika-informatika”

 

60110700–“Fizika va astronomiya”

 

5110200–“Fizika va astronomiya”

 

5110100 – “Matematika o’qitish metodikasi”

 

5110200 – “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi”

 

5110700–“Informatika o’qitish metodikasi”

 

bakalavr ta’lim yo’nalishlari,

 

5A110101-“Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (matematika)”

 

5A110201- “Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya)”

 

5A110102- “Ta’limda axborot texnologiyalari”

 

magistratura mutaxassisliklari mavjud.

 

Fakultet qoshida “Matematika”, “Informatika”, “Fizika va astronomiya”, “Fakultetlararo matematika-informatika” kafedralari mavjud bo’lib, ularda jami 82 nafar (72 nafari asosiy shtatda 10 nafari o’rindosh) professor-o`qituvchilar pedagoglik faoliyati bilan shug’ullanib, respublikamiz ta’lim tizimi uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda. 2021-2022 yillarda fizika va astronomiya kafedrasi katta o’qituvchisi I.Eshboltaev, o’qituvchi R.Sultonov, o’qituvchi F.Dadaboyevalar falsafa doktori (PhD) (Fizika yo`nalishi bo`yicha), informatika kafedrasi katta o’qituvchisi I.Rasulov, stajior o’qituvchi M.Jo’rayevlar falsafa doktori (PhD) (Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha), matematika kafedrasi katta o’qituvchilari D.Aroyev va G.Rasulovaлар falsafa doktori (PhD) (matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha), fakultetlararo matematika-informatika kafedrasi dosenti v.b. Z.Marasulova ва o`qituvchi N. Yusupovalar falsafa doktori (PhD) (Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2021 yilda fakultet kafedralarining professor-o’qituvchilaridan 4 nafari dotsentlik ilmiy unvoniga bo’ldi, 3 nafar professor-o’qituvchi TOP-200 talikda bo’lgan Qozon Davlat Federal Universitetida 3 oylik stajirovkani muvaffaqiyatli o’tab keldi. Professor-o’qituvchilari tomonidan 4 ta monografiya, 4 ta darslik, 10dan ortiq uslubiy qo’llanma nashr ettirildi. Xalqaro e’tirof etilgan ilмiy-texnik Scopus hamda Web of science bazalarda 30 dan ortiq maqolalar nashr ettirildi. Fakultet talabalaridan T.G’ofurov, N. Arslonova, J. Mamajonovlar Respublika olimpiadasida faxrli o’rinlarni egallagan. 2021-2022-о’quv yilida fakultetning “Fizika va astronomiya” kafedrasi o`qituvchisi Qurbonaliev Qobiljon “Nanoo`lchamli termoelektrik BaSi2 va Mn4Si7 plyonkalarini hosil bo`lishi va ularning xossalari” mavzusida fizika-matematika fanlari doktori , professor N. F. Zikrillayev ilmiy rahbarligida fundamental loyiha bо’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Fakultatda horijiy va Respublikadagi OTMlar bilan ham aloqalar o`rnatilgan. Jumladan, Rossiya Davlat Gumanitar Universiteti (Moskva shahri) professori, pedagogika fanlari doktori Valentin Konstantinovich Jarov, O’zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Namangan bo’limi mudiri fizika-matematika fanlari doktori M.M.Raxmatullayev, O’zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bosh ilmiy xodimi akademik Azamov Ablulla Azamovich, O’zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bosh ilmiy xodimi akademik Sh.Q.Farmonovlar bilan sohalar bo`yicha imliy va uslubiy hamkorlik qilib kelinmoqda. Fakultetda akademik Sh.Q. Farmonov, professorlar R.Ya.Rasulov, K.R.Nasriddinov bilan bir qatorda ko`plab tajribali olimlar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonida belgilab berilgan uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, kelgusida fakultetda quyidagi ustuvor yo’nalishlar asosida tizimli ishlar amalga oshiriladi:

 

— mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;

 

— o`quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;

 

— ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;

 

— ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish;

 

— yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;

 

— fakultetning moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash;

 

— fakultetni raqamli transformatsiyalash orqali boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

 

— korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;

 

— fakultetning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash.

 

Manzil: Qo’qon shahar, Mavoraunnahr ko’chasi, 47-uy. Telefon raqam 542-53-77