Skip to content

O’zbek tili va adabiyot fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani

Hasanova Barnoxon Yusupovna

Tel: +998912024440

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti institutning eng to‘ng‘ich va o‘ziga xos anʼanalarga ega bo‘lgan fakultetlaridan hisoblanadi. Uning tarixi 1931-1932 o‘quv yilida filologiya fakulteti sifatida tashkil topishidan boshlandi. Dastlab fakultet o‘zbek tili va adabiyoti hamda rus tili va adabiyoti bo‘limlaridan iborat bo‘lgan. 1939 yilda esa o‘zbek tili va adabiyoti bolimi mustaqil fakultetga aylangan. 1951-1954 yillarda fakultetda tojik tili va adabiyoti bolimi faoliyat ko‘rsatgan. Bu bo‘lim Marg‘ilon o‘qituvchilar institutidan ko‘chirib keltirilgan edi. 1954 yilda o‘qituvchilar instituti pedagogika institutiga aylantirilganidan so‘ng fakultetda tarix-filologiya mutaxassisliklari boyicha o‘qituvchilar tayyorlandi. 2005 yil 26 avgustda o‘zbek tili va adabiyoti hamda xorijiy tillar fakultetlari birlashtirilib, filologiya fakulteti tashkil qilindi. 2015 yil mart oyidan esa o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti yana alohida faoliyat ko‘rsata boshladi. Fakultetda ikkita kafedra mavjud: o‘zbek tili va o‘zbek adabiyoti. Mustaqillik yillari fakultetda talaba qabul qilish rejasi muntazam ravishda osib bordi. Talabalarga o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi ixtisosligidan tashqari rus maktablarida o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, eski o‘zbek yozuvi, odobnoma o‘qituvchisi kabi qoshimcha ixtisosliklar ham berildi. Otgan davr mobaynida fakultetni on mingdan ziyod talaba tamomlagan. Sobiq talabalar orasida taniqli muallimlar, olimlar, yozuvchi va shoirlar bor. Jumladan, professor I.Rasulov, O.Bozorov, dosentlar L.Zohidov, J.Abdullajonova, S.Nabiyeva, H.Xalilov, I.Polatov, I.Sulaymonov, A.Boltaboyev, A.Dehqonov, J.Qoziyev, M.Olimova, I.I.Rasulov, M.Rasulova, Sh.Akramov, N.Nazarov, R.Tojiboyev va boshqa koplab ilm-fan zahmatkashlari, Ergash Abdullo, Komil Jora, Farida Botayeva, Said Muqimov, Ormon Omonov, Mavluda Avazova, Dilbar Hamzaxojayeva kabi yozuvchi va shoirlar fakultetimizda taʼlim olganlar. 2022 yil 29 martdan fakultet dekani lavozimda A.Turg‘inov faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda fakultetda jami 566 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 50% ni tashkil etadi. Oquv jarayoni oquv meyoriy hujjatlar asosida olib borilmoqda. Fakultet qoshida “Yosh olimlar”, “Kitobsevarlar” klubi, “Matnshunoslar”, “Aruz saboqlari”, “Yosh adabiyotshunos”, “Imloni organamiz”, “Shevashunoslar”, “Yosh tilshunoslar” nomlari ostida fan togaraklari, shuningdek, “Shodiyona” folklor-etnografik togaraklari faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultet OzRFA Ozbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarboyjon FA adabiyot instituti, Turkiyaning Egey, Korabuk universitetlari, shuningdek Respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlik aloqalarini ornatgan. 2021-2022- o‘quv yilida O‘zbek adabiyoti kafedra aʼzolari tomonidan 24 ta yuqori imfakfaktorga ega jurnallarda, 5 ta Skopusda, 24 ta OAK jurnalida, 32 ta xalqaro anjumahlarda maqola chop etilishiga erishildi hamda 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1ta monografiya chop etildi. O‘zbek adabiyoti kafedrasida 14 nafar asosiy shtatda, 1 nafar o‘rindosh, jami 15 nafar tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 14 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar, jumladan,1nafari filologiya fanlari doktori), 13nafari fan nomzodlari, ilmiy salohiyat 93,3%ni, O‘zbek tili kafedrada 13 nafar asosiy shtatdagi o‘qituvchilarning 8 nafari ilmiy darajali, 61,5%ni tashkil etmoqda. Fakultet bo‘yicha ilmiy salohiyat 78,5%ni tashkil etmoqda. O‘zbek tili kafedrasi dotsentlari A.Hasanov, U.Yigitalievlar doktorlik ishining navbatdagi bosqichi uchun harakat qilishmoqda.