Skip to content

Tabiiy fanlar fakulteti

 

Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Xo‘jayev Vaxobjon Umarovich

Kimyo fanlari doktori, professor.

Tel: +998911418700

Qo’qon Davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 1998 yil 27 — martidagi qaroriga asosan institut rektorining 1998 yil 4 iyuldagi 56-U sonli buyrug’i bilan “Ximiya-biologiya” hamda “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo’nalishlari asosida “Ximbiologiya va geografiya” fakulteti tashkil etildi. Qo’qon davlat pedagogika institutida 2004 yilda o’tkazilgan davlat attestatsiya va akkredatsiya komissiyasining xulosasiga ko’ra fakultet nomi “Ximiya va biologiya” deb o’zgartirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2005 yilda tasdiqlangan institutning fakultet va kafedralar tuzilmasi va institut Ilmiy kengashining 2011 yil oktyabr oyidagi 2-sonli yig’ishi qaroriga ko’ra fakultet nomi “Tabiiyot va geografiya” deb o’zgartirildi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28-fevraldagi “Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi davlat pedagogika institutlarining tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash” to’g’risidagi 52-sonli buyrug’iga asosan institut rektorining 2015 yil 18-martdagi 113-U sonli buyrug’i bilan fakultetga “Tabiiy fanlar” nomi berildi. Fakultetga 24 yil davomida V.Xo’jayev (1998-2003 yy. va 2013 y. dan hozirgacha), M.Maqsudov (2003-2005 va 2010-2013 yy.), S.Meliboev (2005-2007yy.), S.Abdunazarov (2007-2010 yy.) lar rahbarlik qilgan. O’tgan davr ichida fakultetda kimyo va biologiya, kimyo, kimyo va ekologiya, kimyo o’qitish metodikasi, biologiya va inson xayot faoliyati xavfsizligi, biologiya, biologiya o’qitish metodikasi, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, geografiya xamda geografiya o’qitish metodika ta’lim yo’nalishlarida 4000 dan ortiq bakalavrlar tayyorlandi. Ulardan 20 nafari “Beruniy”, “Ulug’bek” va “Navoiy” xamda “I.Karimov” nomidagi davlat stipendialari soxibi va soxibalari, 4 nafari Respublika fan olimpiadalari g’oliblari bo’ldi. 2005 yildan buyon fakultet tasarrufidagi kimyo kafedrasida 5A140301-Kimyo, 5A140301-Analitik kimyo, 5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Kimyo) mutaxasisligi bo’yicha 40 dan ortiq magistrlar tayyorlandi. Hozirgi vaqtda 70110601-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metolikasi (Kimyo), 70110901-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya) mutaxasisligi bo’yicha 40 dan ortiq magistrlar taxsil olmoqda. Magistratura mutaxasisliklarini tamomlagan bitiriuvchilardan 11 nafari nomzodlik va falsafa doktori dissertatsiyalarini ximoya qilishdi. 15 nafari O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasiga qarashli O’simlik moddalari kimyosi instituti, Umumiy va noorganik kimyo va Bioorganik kimyo institutlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Qolganlari FarDU, FarPI, NamDU va akademik litseylarda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanmoqda. Bugungi kunda fakultetda 3ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu kafedralarda jami 68 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda, ulardan 2 nafari fan doktori, professor, 12 ta falsafa doktori va 16 ta fan nomzodlari dotsentlardir. Hozirgi kunda fakultetning Kimyo, Kimyo o’qitish metodikasi, Biologiya, Biologiya o’qitish metodikasi, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishlarida jami 936 ta talaba ta’lim va tarbiya olmoqda. Ulardan 258 nafari davlat granti, 678 nafari shartnoma asosida o’qimoqda. 218 nafari o’g’il bolalar 718 nafari talaba qizlardir. Fakultet tasarrufida Davlat ilmiy texnik dasturi doirasida № I-OT-2019-21 “Tovar baliq chavoqlarini etishtirishda tabiiy ozuqa bazasi – plankton organizmlarni ko’paytirish usullari va ularni amaliy axamiyati” mavzusida ilmiy innovatsion loyixa ish olib bormoqda Hozirgi vaqtda fakultetda 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 – tovar kimyosi va 02.00.11-Kolloid va membrana kimyosi ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktoranturaga (PhD) doktorantlar qabul qilinmoqda.