Tarix fakulteti

Tarix (arabcha: التاريخ, o’tmish; davr, vaqt, era; sana) — o’tmish voqealar haqida axborot ochish, yig’ish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shug’ullanuvchi fan. Tarix bilan shug’ullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi va ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi.Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning o’zi ham o’rganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi. Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi.
O’zbekiston SSR hukumati qarori bilan 1931 yilda Qo’qon kechki pedagogika oliy bilimgohi tashkil etilib uning tarkibida 1935 yilda tarix bo’limi tarix mutaxasisligiga aylantirildi.
1946 yil avgustida O’z SSR maorif ministrligi qarori bilan tarix filologiya bo’limi ikki mustaqil bo’limga ajratildi va tarix bo’limi tashkil topdi. 1954 yil 24 fevralda O’z. SSR Ministrlar sovetining “Davlat xotin-qizlar pedagogika institutiga aylantirish haqida”gi № 281- qarori qabul qilindi.
1955 yil avgustda tarix fanlari nomzodi M.A Obidova institut direktori etib tayinlandi. 1954 yildan o’zbek tili fakulteti qoshida tarix o’qituvchilari tayyorlandi. 1956-1957 yillarda institutda mavjud bo’lgan fakultetlar 3 tani tashkil etgan bo’lib, ulardan biri o’zbek tili va adabiyoti, tarix fakulteti bo’lgan. 1999 yil 16 fevralda institut rektorining buyrug’i bilan Tarix fakulteti o’zbek tili va adabiyoti fakultetidan mustaqil fakultet sifatida ajralib chiqdi. O’tgan davr mobaynida fakultetda ikkita yo’nalish bo’yicha ko’plab talabalar mustaqil hayot yo’liga tayyorlandi.
Hozirgi kunda fakultetda 60111100 Tarix, 60112100-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (1-2-3-kurslar), 5110600– Tarix o’qitish metodikasi, 5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (4-kurslar) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olishmoqda. Shuning bilan birga mutaxassis chiqaruvchi kafedra Fakultetda 2 ta kafedra «Tarix» va « Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi » kafedralari faoliyat yuritmoqda.
Fakultetda talabalar bilim olishlari hamda o‘zlarini iqtidorlarini rivojlantirishlariga barcha sharoitlar mavjud. Jumladan, auditoriyalar sig‘imi talabalar kontingentiga yetarli. O‘quv xonalar axborot-informatsion vositalari bilan ta’minlangan. Bu esa mashg‘ulotlarni zamonaviy innovatsion usullarda olib borishga keng imkon yaratmoqda.
Fakultetning yosh o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ilmiy izlanishlarga jalb etilishgan. Bir qator yosh pedagog-xodimlar doktorlik dissertatsiyalari mavzusi ustida izlanishlar olib borishmoqda. Ta’lim yo‘nalishlarining iqtidorli talabalari ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashmoqdalar, Davlat stipendiyalariga davogarlik qilishmoqda.
O‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator o‘rta umumta’lim maktablar va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bilan xamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, fakultet kafedralari Qo’qon shahar 5-,15-,20-,26-,41-sonli hamda Uchko’prik tumani 18-sonli umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishgan. O‘quv va pedagogik amaliyotlari hamda metodika fanlari bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari shu ob’ektlarda o‘tkazilib kelinmoqda.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat universiteti, Turkiyaning Karabuk universiteti, Abay nomidagi Qozog’iston davlat universiteti, Yanka Kupala nomidagi Belorussiya davlat universiteti, Boshqirdiston davlat universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.