Skip to content

Maktabgacha ta’lim fakulteti

 

Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani

Sharifjon Yigitaliyevich Poʻlatov

 Texnika fanlari doktori, Dotsent.

 

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi uzoq yillik tarixga ega bo`lib,U dastlab 1945-yil fevral oyida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko`rsatgan unga dastlab Z.Qulliyev mudirlik qilgan. 1973-yil O`zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida “Maktabgacha tarbiya” gruppasi ochildi. 1974-yil kuzida Boshlang`ich ta`lim metodikasi gruppasi bilan Maktabgacha tarbiya gruppasi birlashtirilib mustaqil pedagogika fakulteti tashkil etildi. Makatbgacha tarbiya kafedrasiga dastlab p.f.n., dosent Kalonxo`jaeva Zuxra Akramovna mudirlik qilgan. 1987-yilda ushbu kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya metodikasi” kafedrasi nomiga o`zgartirilgan,unga tajribali pedagog-olima,pedagogika fanlari nomzodi S.Nabiyeva raxbarlik qilgan. 1998-2000 yillarda kafedra mudiri lavozimida p.f.n., dosent S.Obidjonova faoliyat ko`rsatgan. 2001-2003 o`quv yilida “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi BTM kafedrasi negizida tashkil topdi va kafedraga f.f.n., dosent S.Tuychiyev rahbarlik qilgan. 2003-2007 yillarda p.f.n., dosent M.Tolipov, 2007-2008 yillarda p.f.n., dosent N. Erkaboyeva, 2008-2010 yillarda f.f.n., dosent S.Nabiyeva, 2010-2012 yillarda katta o`qituvchi N.Xo`janazarova, 2012-2013 yillarda katta o`qituvchi M.Esonova, 2013-2017 o`quv yilidan p.f.n., dotsent S.Muxamediyeva kafedra mudiri lavozimida ishlab faoliyat yuritib kelgan. 2018-2021 yil p.f.n., dotsent M.M.Umarova kafedra mudiri lavozimida faoliayat yurutgan. 2021-2022yil iyun oyidan xozirgi kunga qadar tajribali pedagog olima p.f.f.d. PhD. Dots Nazirova Guzal Malikovna rahbarlik qildi. 2023-yildan boshlab dotsent Sharifjon Yigitaliyevich Poʻlatov dekanatga raxbarlik qilib kelmoqda. 2021-2022-o`quv yilidan Maktabgacha ta`lim kafedrasi tarkibida yangi “Maktabgacha psixologiyasi va pedagogikasi” yo`nalishi ochildi.