Skip to content

Xorijiy tillar fakulteti

 

Xorijiy tillar fakulteti dekani

Karimova Vasila Vahobovna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Tel: +998911459900

Xorijiy tillar fakulteti Qo’qon davlat pedagogika institutining eng sermaxsul fakultetlaridan biri. Fakultet 1996-yilda Ingliz tili fakulteti nomi bilan faoloyat boshlagan. 1998-yildan boshlab Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida rus til va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bilan bir qatorda bo’lgan. 2005-yilda O’zbek tili va adabiyoti, rus til va adabiyoti fakulteti bilan birlashtirilib Filologiya fakulteti tashkil topgan. 2015-yildan 2020-yilgacha Chet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2020-yil avgust oyidan boshlab alohida Xorijiy tillar fakulteti sifatida shakillantirildi. Xozirgi kunda fakultetda

60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

60112600-Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (1-kurslar)

5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

5112200-Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil olishmoqda. Shuning bilan birga mutaxassis chiqaruvchi kafedra

5A111400-Xorijiy tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligida maxsus fanlar bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etmoqda. Fakultetda 2ta kafedra «Ingliz tili va adabiyoti», “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til” kafedralari faoliyat yuritmoqda. Fakultetning yosh o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ilmiy izlanishlarga jalb etilishgan. Jumladan, 1ta fan doktori (DcS), 1 ta fan nomzodi, 1 ta dotsent, 6 ta Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) faoliyat yiritadi. Bir qator yosh pedagog-xodimlar doktorlik dissertatsiyalari mavzusi ustida izlanishlar olib borishmoqda. Ta’lim yo’nalishlarining iqtidorli talabalari ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashmoqdalar, Davlat stipendiyalariga davogarlik qilishmoqda. 2021-yilda Fakkultetda 1 ta Prezident, 2 ta Navoiy nomidagi stipendiya g’olibi bo’ldilar. O’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator o’rta umumta’lim maktablar va o’rta maxsus o’quv yurtlari bilan xamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan. Jumladan, fakultet kafedralari Qo’qon shahar 4-,5-,21-,30-sonli hamda atrof tumanlardagi Futqat tumani 26-ta o’rta umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishgan. O’quv va pedagogik amaliyotlari hamda metodika fanlari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari shu ob’ektlarda o’tkazilib kelinmoqda.