Skip to content

Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti

 

San’at fakulteti dekani

Umrzaqov Behzod Bo‘ronovich

Tel: +998912034884

San’at — ijtimoiy ong va inson faoliyatining o’ziga xos shakli. San’at qadimiy tarixga ega bo’lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san’atning dastlabki izlari so’nggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali san’at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma’naviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning o’sishi natijasida san’at alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi. San’at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o’z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg’u, manfaat, ideallarini ifoda etgan. San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o’zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o’rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi.