Skip to content

Rus tili va adabiyot fakulteti

 

Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani

Rasulova Matlubaxon Xamzayevna

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Rus tili va adabiyoti fakulteti Qo’qon davlat pedagogika institutining to’ng’ich fakultetlaridan biri. Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti tashkil etilgan dastlabki kunlaridanoq rus tili va adabiyotini o`qitish boshlangan. 1935-yili Farg`ona xududida 1-marta 14 nafar tilchi tamomladi. Fakultetda rus tilshunosligi, rus va chet el adabiyoti, rus tili va adabiyoti o`qitish metodikasi va propedevtikasi kafedralari faoliyat yuritgan. 1998 yildan boshlab Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bilan bir qatorda bo’lgan. 2005 yilda O’zbek tili va adabiyoti fakulteti bilan birlashtirilib Filologiya fakulteti tashkil topgan. 2015 yildan 2020 yilgacha Chet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2020 yil avgust oyidan boshlab alohida Rus tili va adabiyoti fakulteti sifatida shakillantirildi. Xozirgi kunda fakultetda 60111500 — Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyot, 60111700 — O’zga tilli guruhlarda rus tili (1-kurslar), 5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda) hamda 5112500 — O’zga tilli guruhlarda rus tili bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil olishmoqda. Shuning bilan birga mutaxassis chiqaruvchi kafedra 5A111300-Rus tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligida maxsus fanlar bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etmoqda. Fakultetda 2ta kafedra «Rus tili va adabiyoti» va «Fakultetlararo o’zbek va rus tillar» kafedralari faoliyat yuritmoqda. Fakultetda talabalar bilim olishlari hamda o’zlarini iqtidorlarini rivojlantirishlariga barcha sharoitlar mavjud. Jumladan, auditoriyalar sig’imi talabalar kontingentiga yetarli. O’quv xonalar axborot-informatsion vositalari bilan ta’minlangan. Bu esa mashg’ulotlarni zamonaviy innovatsion usullarda olib borishga keng imkon yaratmoqda. Fakultetning yosh o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ilmiy izlanishlarga jalb etilishgan. Bir qator yosh pedagog-xodimlar doktorlik dissertatsiyalari mavzusi ustida izlanishlar olib borishmoqda. Ta’lim yo’nalishlarining iqtidorli talabalari ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashmoqdalar, Davlat stipendiyalariga davogarlik qilishmoqda. O’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator o’rta umumta’lim maktablar va o’rta maxsus o’quv yurtlari bilan xamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan. Jumladan, fakultet kafedralari Qo’qon shahar 1-,16-,20-,41-sonli hamda atrof tumanlardagi 8ta o’rta umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishgan. O’quv va pedagogik amaliyotlari hamda metodika fanlari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari shu ob’ektlarda o’tkazilib kelinmoqda. Qo’qon davlat pedagogika institutida 2019-2020 o’quv yilidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti va Boshqirtostan davlat universiteti bilan xamkorlikda tashkil etiliyotgan qo’shma fakultetning “Rus tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishi fakultetda faoliyat yuritayotgan Rus tili va adabiyoti kafedrasi qoshida ochilgan. Bu esa kelgusida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyatdagi xamkorlikni yangi bosqichga chiqaradi. Rus tili va adabiyoti kafedrasi «Filologiya» so’zi «So’zga muhabbat» degan ma’noni anglatadi. Aynan so’zga muxabbat rus tili o’qituvchilarini, talabalarni, tarjimonlarni, ommaviy axborot vositasi xodimlari, yozuvchi va shoirlarni birlashtiradi. Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti tashkil etilgan dastlabki kunlardanoq rus tili va adabiyotini o`qitish boshlangan. 1935-yili, Farg`ona xududida 1-marta 14 nafar tilchi tamomladi. Fakultetda rus tilshunosligi, rus va chet-el adabiyoti, rus tili va adabiyoti o`qitish metodikasi va propedevtikasi kafedralari faoliyat yuritgan. 1998 yildan boshlab Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2005-yili Rus tili va adabiyoti va Fakultetlararo rus tili kafedralarining birlashtirilishi natijasida Rus filologiyasi kafedrasi tashkil topdi va Filologiya fakulteti tarkibida faoliyat yuritdi. 2015-yili Chet tillari fakulteti Filologiya fakulteti tarkibidan ajralib chiqildi va natijada kafedra «Rus tili va adabiyoti» deb nomlandi. 2020- yil avgust oyidan boshlab Rus tili va adabiyoti fakulteti qoshida faoliyat yuritmoqda. Xozirgi kunda kafedrada 4 nafar fan nomzodi, dotsent (Rasulov I.I, Rasulova M.X, Xadjayeva D.Sh, Nishanbayev Q.N.), katta o`qituvchilar va o`qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Rus tili va adabiyoti kafedrasining mutaxassislik asosini rus adabiyoti tarixi, xozirgi zamon rus tili va boshqa mutaxassislik bo’yicha fanlarni keng va xar tomonlama chuqur oqrganishni tashkil etadi. Fakultetlararo o’zbek va rus tillari kafedrasi Fakultetlararo rus tili kafedrasi 2005- yilgacha alohida kafedra sifatida faoliyat yuritgan. 2005-yili Rus tili va adabiyoti va Fakultetlararo rus tili kafedralarining birlashtirilishi natijasida Rus filologiyasi kafedrasi tashkil topdi va Filologiya fakulteti tarkibida faoliyat yuritdi. 2020- yil avgust oyidan boshlab alohida Rus tili va adabiyoti fakulteti shakillantirilgandan so’ng alohida kafedra sifatida faoliyat yuritib keldi. 2021-yilda kafedra mudiri lavozimiga e’lon qilingan tanlovdan p.f.n., dotsent Alimsaidova S.A. o’tib hozirgi kunga qadar kafedrani boshqarib kelmoqda. Alimsaidova S.A. 2021- yilda Dsc dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-2022 o’quv yilida fakultetlararo fanlarni muvofiqlashtirish maqsadida kafedra fanlariga fakultetlararo o’zbek tili qo’shilgan va kafedraga 4 nafar o’zbek tili mutaxassislari kelgan. Xozirgi kunda kafedrada 1 nafar Dsc, dotsent, 2 nafar dotsent. 2 dotsent katta o’qituvchi va 8 nafar o`qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Fakultetlararo o’zbek va rus tillari kafedrasi oqituvchilari institutning barcha fakultetlarida o’zbek va rus tillar fanlari bo’yicha mashg’ulotlarni olib boradilar.