Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani
Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna
Professor, Filoligiya fanlari doktori (DcS)
Tel: +998905565581
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 2015-yilda Pedagogika fakultetidan ajralib chiqqan. 2015 yildan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti kesimida Boshlang’ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanib kelmoqda. 2015-2017 yillar davomida k.f.n dotsent M. Maqsudov fakultet dekani sifatida boshqargan. 2018-2020 yil Fakultetni pedagogika fanlar nomzodi, dotsent Olimov Baxtiyor Usmonovich, 2020-2021 yillar yuridika fanlari falsafa doktori (PhD) Azamov Jasurbek Murodovich, 2021 yil 7 oktyabr sanasidan filoligiya fanlari doktori (DcS) Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna boshqarib kelmoqda. Fakultetda quyidagi ta’lim yo’nalishlari mavjud: 1. Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi Fakultet strukturasi fakultet dekani, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari, o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari, Boshlang’ich ta’lim kafedrasi (23 ta asosiy, 6,75 ta ichki o’rindoshni tashkil etadi, Ilmiy darajali PhD 6 nafar DcS 1 nafar ilmiy salohiyat 33 %ni tashkil etadi.) va Fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi (22 ta asosiy, 17 ta ichki o’rindoshni tashkil etadi, Ilmiy darajali PhD 3 nafar ilmiy salohiyat 13,6 %ni tashkil etadi.) mavjud. Fakultet tarixida f.f.n, dosent S.To’ychiyev, Turon akademigi faxriy professori R.Shukurov, f.f.n, dosent N.Oxunov, N.Xalilov, N.Botirov, A.Maraimov, U.Mehmonov kabi o’z kasbining fidoiysi bo’lgan professor-o’qituvchilar samarli faoliyat olib borgan. Fakultetda jami 772 nafar talaba bo’lib, shundan Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishida 30 ta guruhda tahsil olmoqda. Fakultetda shu kungacha 6 nafar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, 34 nafar sport chempionlari bor. 60110500-Boshlang’ich taʼlim va sport tarbiyaviy ish taʼlim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
- -umumiy o’rta taʼlimning boshlang’ich sinflarida “Ona tili”, “O’qish”, “Matematika”, “Mehnat”, “Tabiatshunoslik”, “Atrofimizdagi olam”, o’rta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassaslarida kasbiy fanlaridan o’rnatilgan tartibda dars berish;
- -umumiy o’rta taʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari muassasalarda o’qituvchi (tashkilotchi) bo’lib ishlash;
- -taʼlim tizimida kabinet mudiri, metodist, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- — mos taʼlim yo’nalishlari bo’yicha taʼlimni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash;
- -ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash;
- -mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi maʼnaviyat va maʼrifat markazlarida ishlash;
- -boshlang’ich taʼlim pedagogikasi va texnologiyasi, o’qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.