Skip to content

Kimyo kafedrasi faoliyati

 
Kimyo kafedirasi mudiri
Ochilov G’olibjon Mamayunusovich
Kimyo fanlari doktori, professor.

Kimyo kafedrasi 1991-yilda dastlab Matematika-fizika fakulteti biologiya kafedrasining kimyo bo‘limi sifatida shakllangan. 1994-yilda kimyo kafedrasi mustaqil kafedra sifatida biologiya kafedrasidan ajralib chiqqan. Kafedraga 1994-1995-yillarda f/m.f.n. I.T.Maxmudov rahbarlik qilgan. 1994-1995-o‘quv yilida kimyo yo‘nalishi bo‘yicha 48 ta talaba birinchi qaldirg‘ochlar bo‘lib tamomlashgan. Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan: 1995-1996-yillar b.f.n. G‘.Xolmuxammedov; 1997-1998-yillar k.f.n., dotsent V.U.Xo‘jayev; 1998-2003-yillar k.f.n. M.S.Maqsudov; 2003-2005-yillar k.f.n. I.Jalolov; 2005-2006-yillar k.f.n, dotsent M.Yu.Isaqov 2006-2013-yillar k.f.d. V.U.Xo‘jayev; 2013-2016-yillar t.f.n., dotsent I. I.Qo‘qonboyev. 2017-yilning yanvar oyidan boshlab kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dotsent Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich mudirlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor; 4 nafar fan nomzodi, dotsent; 8 nafar falsafa doktori, 5 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. 2014-yil mart oyidan kafedra “Kimyo o‘qitish metodikasi” 2020 yil sentyabr oyidan “Kimyo” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Kafedra tashkillangan beri olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 3 ta fan nomzodi, 12 ta falsafa doktori (PhD) va 1 ta fan doktorlik dissertasiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari va magistrantlari O‘zR FA tassarufidagi turli ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar natijasida 30 dan ortiq turli o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar nashrdan chiqarilgan. Jumladan so‘ngi ikki yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma OO‘MTVning Muvofiqlashtiruvchi kengashi grifi asosida nashr ettirildi va o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi. Iqtodorli talabalar bilan olib borilgan faoliyat natijasida 5 nafar “Ulig‘bek”, 1 nafar “Beruniy”, 2 ta “Navoiy” va 1 ta “Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyalari sohiblari etishib chiqdilar. Iqtidorli talabalar Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Oxirgi ikki o‘quv yilida iqtidorli talabalarda 2 hafari birinchi o‘rin va 1 nafari uchunchi o‘rin sohiblari bo‘lishdi. Hozirgi kunda kafedra qoshida

  • 5110300-kimyo o’qitish metodikasi,
  • 5110300-kimyo bakalavriat ta’lim yo’nalishi,
  • 70110801-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxasisligi bo’yicha magistratura,
  • 02.00.09-tovar kimyosi,
  • 02.00.10-bioorganik kimyo,
  • 02.00.11-kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktarantura mavjud.