Skip to content

Maktab menejmenti kafedrasi

 

Maktab menejmenti kafedirasi mudiri

Ustadjalilova Xurshida Aliyevna

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 

2019 yilning oktyabr oyida Qo‘qon davlat pedagogika institutining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra institute Kengashi qarori bilan Pedagogika fakulteti tarkibida Ta’lim menejmenti kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedra xizmatlar sohasi uchun Maktab menejmenti bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda pedagogik sohasiga Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligi talabalarini tayorlaydi. Kafedra tarkibi pedagogika hamda iqtisodiyot mutaxassislari professor-o‘qituvchilari bilan shakllantirilib, pedagogika fanlari nomzodi Ustadjalilova Xurshida Aliyevna mudir etib tayinlandi. Kafedradaning professor-o‘qituvchilari tarkibida bir nafari Xaydarov Turdali Maksitaliyevich — iqtisod fanlari dokrori, professor, uch nafari Babayeva Nargiza Muzaffarovna, Shermatov Mashrabjon, Turaxodjayiva Zumrad Xodjayevnalar iqtisod fan nomzodi, dotsentlar, tajribali katta o`qituvchilardan Radjabova Gavhar Umarovna, Kurbanov Muzaffar Ummatovich, shuningdek yoshlarimiz Saidova Xilola Rashidjon qizi, Nurmatova Maftuna Ilhomovna, Sodikova Feruza Raximovnalar o`z pedagogic faoliyatlarini boshlagan. 2020 yilning avgust oyida Qo‘qon davlat pedagogika institutining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra Maktabgacha ta’lim fakulteti tarkibida Ta’lim menejmenti kafedrasi Maktab menejmenti kafedrasi deb nomlandi. Xozirgi kunda kafedraning ilmiy falohiyati 37 %ni tashkil etadi. Maktab menejmenti kafedrasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish borasida kafedrada professor-o‘qituvchilari fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalardan muntazam foydalanib kelinmoqda. Maktab menejmenti kafedrasi xalqaro aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan, xalqaro tan olingan QS — Quacquarelli Symonds World University Rankings dunyoning reytingida 1000 taligiga kirgan oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormaqdalar. Jumladan Qozon Federal universiteti (Privoljsk), Al farabiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Finlyandiyaning Yuvyaskulas universitetlari. Ushbu universitetlardan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun professor-o‘qituvchilar taklif qilinmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari ham shu OTMlariga borib o‘z malakalarini oshirib kelmoqda. Jumladan, kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi X.Ustadjalilovaning Sankt-Peterburg A.S.Pushkin nomidagi Leningrad DUda 144 akademik soatli malaka oshirish kurslarida, kafedra dosenti i.f.n. N.Babayevaning Qozon Federal universitetining Psixologiya va ta’lim institutida tashkil etilgan “Pedagogik ta’limning zamonaviy yondashuvlari” nomli 24 akademik soat xajmidagi xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgani hamda Belarus DU ma’ruzalar o‘qiganligi va Iqtisodiyot oliy maktabi professor-o‘qituvchilarni darslarini kuzatib tahlil qilganligi, hamda xorijda stajirovka o‘taganligi xorijiy tajribalardan foydalangan holda mashg‘ulotlarni yuqori saviyada olib bormoqda. Shuningdek katta o‘qituvchi G.Radjabovaning Kazan federal universitetida malakasini oshirib kelgani o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etishi, darslarida yangi interfaol metodlarni qo‘llashi bilan ajralib turadi, kafedra mudiri X.Ustadjalilovaning va katta o‘qituvchi M.Kurbanovning Al Farabiy nomidagi Qozoq milliy universitetida bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tganligi va Iqtisodiyot oliy maktabi professor-o‘qituvchilarni darslarini kuzatib tahlil qilganligi va malaka oshirish kurslari mazmunini kasbiy faoliyatlarida qo‘llashlari ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishga asos bo‘lmoqda. Maktab menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘quv mashg‘ulotlarida pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirish, xorijiy tajribalarni qo‘llash, halqaro hamkorliklar o‘rnatilgan 2021 yilda dunyoning reytingidagi OTMlar ro‘yhatidagi top-500talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv materiallari hamda darslarni olib borish metodikalari borasida o‘zaro tajriba almashish yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda.