Skip to content

Matematika kafedarsi

 
Matematika kafedirasi mudiri
Aroyev Dilshod Davronovich

Informatika va AT kafedrasi o‘z faoliyatini 1987 yilda boshlagan. 1987 yilda kafedra “Hisoblash matematikasi va informatika kafedrasi” deb nomlanib, o‘sha vaqtda institutda va fakultetda eng yosh kafedralardan hisoblangan. Shunday bo‘lsada, kafedraning a’zolari bo‘lgan fizika-matematika fanlari nomzodlari N.Sheraliyev, A.Xasanov, O.Qo‘shmatov, texnika fanlari nomzodi M.Aripov, pedagogika fanlari nomzodi A.Ergashev, katta o‘qituvchi M.Ibragimova va o‘qituvchilar H.Inomjonova, Z.Sanginova, A.Ibrohimov, A.Ismoilovlar fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent V.G.Qahhorov (kafedra mudiri) rahbarligida kafedra ishini talablar darajasiga ko‘tarish, o‘qitishni hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlarini qo‘llash asosida olib borish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishda katta tadbirlarni amalga oshirganlar. 1990 yillarga kelib kafedra laboratoriyalarida 50 dan ortiq mikrokalkulyatorlar, “KUVT”, “KORVET”, “YAMAXA” elektron hisoblash mashinalari, IBM PC, “Praves 8-A” kompyuterlari mavjud bo‘lgan, 1992 yillarga kelib kafedrada pedagoglar uchun mo‘ljallangan displey sinflari, DVK -2, AGAT shaxsiy kompyuterlari ham ishga tushirilgan. 1994 yildan 1997 yilgacha kafedraga texnika fanlari nomzodi Aripov Maqsudjon, texnika fanlari nomzodi Qo‘shmatov Orifjon, fizika-matematika fanlari nomzodi Nabiyev Ismoiljon rahbarlik qiligan. 1997 yildan 2004 yilgacha kafedra “Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi deb nomlanib unga texnika fanlari nomzodi, dosent Haydarova S. mudirlik qilgan. 2004 yil oxirida institutning “Informatika va HT” kafedrasi va “Matematika” kafedrasi birlashib, uni “Matematika-informatika” kafedrasi deb nomlandi. Kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent Sh.Soliyev mudir etib saylandi. 2004-2010 yillar davomida “Matematika-informatika” kafedrasi Sh.Soliyev rahbarligida bir qator yutuqlarga erishdi. Sh.T.Soliyev har tomonlama yetuk kadrlar yetishtirib chiqarishga alohida e’tibor qaratdi. 2010 yildan 2012 yilgacha kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi dosent B.Mamadaliyev raxbarlik qildi. U kafedrada bir qator ishlarni, jumladan ilmiy ishlar va iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni jonlantirdi. 2012 yildan buyon kafedraga texnika fanlari nomzodi A.Abdullayev mudirlik qilib kelmoqda. 2013 yil avgustdan kafedra “Matematika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedralariga ajraldi. 2015 yildan kafedra «Informatika o‘qitish metodikasi» deb yuritilgan. Unga katta o‘qituvchi Sh.Ahmadaliyev, texnika fanlari nomzodi I.Siddiqovlar rahbarlik qildilar. Hozirgi kunda kafedra “Fakultetlararo matematika-informatika” kafedrasi deb nomlanib, uning tarkibiga fakultetlararo matematika va informatika fanlari kiritilgan. Kafedraga texnika fanlari nomzodi A.Abdullayev rahbarlik qilib kelmoqda. U kafedrani zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlashga va zamonaviy bilimlarni talabalarga yetkazishda yetarli shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratib kelmoqda.Fakultet to‘liq nomi: Fizika – matematika Kafedra nomi: Fakultetlararo matematika-informatika Manzili: Qo‘qon shahar, Usta Bozor ko‘chasi, 40-uy. Kafedra mudiri: A.Q.Abdullayev – texnika fanlari nomzodi Professor-o‘qituvchilar tarkibi: Jami 11 nafar, shundan fan nomzodi va PhD lar 3 nafar, katta o‘qituvchilar — 2 nafar, o‘qituvchilar 8 nafarni tashkil etadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 27 % ni tashkil etadi. Kafedrada professor-o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlari olib borishlari uchun ularga sharoit yaratib berish bo‘yicha doimo e’tibor berib kelinmoqda. Fakultetlararo matematika-informatika kafedrasida “Uzluksiz ta’lim tizimida matematika va informatika fanlarini o‘qitishni takomillashtirish» ustuvor mavzu asosida asosan Matematika va informatika fanlarini o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Qolgan a’zolar ham hozirgi kunda o‘zlarining ilmiy tadqiqot ish yo‘nalishlarini tanlaganlar va bu sohada ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy izlanishlar natijalari sifatida Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan dasturiy vositalar va uslubiy ishlar uchun bir qator patentlar olishga erishildi. Xorijiy jurnallarda, OAK tasarrufidagi jurnallarda, mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirib kelinmoqda.

Joriy o‘quv yilda kafedra a’zolaridan M.Normatov, T.Mamadaliyev, N.Abdullayevlar doktoranturaga o‘qishga qabul qilindi. Z.Marasulova tomonidan PhD ilmiy tadqiqotchilik ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Kelajakda kafedraning yosh o‘qituvchilarini ham ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va kafedraning ilmiy salohiyatini ko‘tarish rejalashtirilgan.