Skip to content

Pedagogika kafedrasi

 
Pedagogika kafedirasi mudiri
 
Xolmatova Ziroat Anvarovna

Pedagogika kafedrasi institut rektorining 2021 yil 158-сонли buyrug`i asosida Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida taskil etilgan. Pedagogika kafedrasida jami 14 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi, ulardan nafari bo’lib, 7 nafari fan nomzodi, 2 nafari katta o’qituvchi, 3 nafari o’qituvchi va 2 nafari assistent o’qituvchilardir 5 nafar o’qituvchi o’rindoshlar sifatida, asosiy shtatda 8 nafar o’qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 % Kafedra professor-o’qituvchilarining o’quv-uslubiy faoliyati institutning Pedagogika va psixologiya fakultetining bakalavriat “Pedagogika va psixologiya”, “Defektologiya” ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechki gruxlarida, Pedagogika va psixologiya va Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’icha) magistratura mutaxassisliklarida dars berib kelmoqdalar. Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 35 ni tashkil etadi. Kafedrada 2021-2022-o’quv yilida “Pedagogika va psixologiya”, “Defektologiya”bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va Pedagogika va psixologiya va Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’icha) magistratura mutaxassisliklari uchun barcha o’qitiladigan pedagogika fanlari bo’yicha sillsbus, fan va ishchi fan dasturlari, yangi o’quv-uslubiy majmualar,tarqatma materiallar ishlab chiqildi. o’quv uslubiy majmualar Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi №107 sonli buyruq asosida tayorlangan. Professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida o’quv yuklamalari taqsimoti 2018 yil 10 sentyabrdagi №20-2018 vaqt me’yorlari asosida taqsimlangan. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI, “PEDAGOGIKA” KAFEDRASINING ERISHGAN NATIJALARI  Kafedraning 5 nafar o’qituvchilari ilmiy tadqiqot mavzularini tanlab, 40% bajarishga erishganlar  2021 yilda kafedraning professor-o’qituvchilaridan dotsent O’ Yuldashev “Umumiy pedagogika” fanidan darslik yaratdi, 2022 yilda kafedraning professor-o’qituvchilaridan dotsent Z.Xolmatova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan darslik yaratdi.  2021 yilda kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan jami 2 o’quv uslubiy qo’llanma, 12 ta respublika OAK tasarrufidagi “Uzluksiz ta`lim” jurnalda, 2 ta skopus, 6 ta impafaktor, 15 ta konferentsiya uchun maqolalar chiqdi.  2021-yil 28–29-oktabr kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida pedagogik fikrlar taraqqiyotining xususiyatlari va istiqbollari” mavzusidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalari to‘plamiga Rossiya, Belorussiya, Buyuk Britaniya va mamlakatimiz Oliy ta’lim muassasalari yetakchi pedagog olimlarining ilmiy ishlari kiritilgan.  2021 yilda kafedra professor-o`qituvchilaridan N.A.Ortiqova “Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida siyosiy elitani shakllantirish jadal taraqqiyot omili sifatida” mavzusida siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.  Xalqaro hamkorlik ishlari bo’yicha xorijdan 2 nafar professor o’qituvchi o’quv jarayoniga jalb qilindi. Xususan, 2021 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Perm davlat gumanitar pedagogika universiteti professori ped.f.d. Kruze Boris Aleksandrovich bilan “Umumiy pedagogika”ga fanidan Pedagogika va psixologiya va Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’icha) magistratura mutaxassisliklari ta’lim yo’nalishi talabalariga 6 soat ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazildi.