Pedagogika kafedrasi

I. Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash maqsadida:
1.1.Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining innovatsion tajribasini pedagogik jixatdan o’rganish;
1.2.Pedagogik fan tarmoqlarning o`qitilishini modernizatsiyalash;
1.3.Pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga kiritilgan o’zgartirishlarni o`rganish va innovatsion G`oyalarni berib boorish;
1.4.Xorij tajribalari asosida pedagogika fanninig barcha tarmoqlarini maqsadli o`qitilish takliflarni ishlab chiqish va amaliyotda keng qo’llash;
1.5.O’quv reja va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish; 1.6. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan amaliyotda foydalanish samaradorligini oshirish;
1.7. Axborot-resurs markazlari fondlarini o’quv adabiyotlarning yangi avlodi bilan muntazam yangilab borish
1.8. Talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish va raqamlashtirish 1.9.Talabalarda innovatsion fikrlash ko’nikmasini shakllantirishga yo’naltiradigan o’qitish usullari va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish;
1.10.Talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va tizimli rag’batlantirish;
1.11. Stependiatlarni tayyorlashning eng mukammal texnologiyasi va mexanizmini joriy etish
II.Pedagog kadrlar sifat tarkibini ta’minlash maqsadida:
2.1. Ilmiy salohiyatni oshirish, shu jumladan, 2023 yilda 50 %gacha, 2024 yilda 60 %gacha, 2025 yilda 75 %gacha, yetkazish maqsadida yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish bo’yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish
2.2. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish
2.3. Kamida uchta yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining innovatsion tajribalarini o’rganish va ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish
2.4. Har bir o’qituvchining o’quv yuklamasini tabaqalashtirgan holda rejalashtirish, shu jumladan uch oygacha bo’lgan ijodiy ta’til berishda kafedraning mustaqilligini normativ hujjatlarda belgilash;
2.5. Talabalar bilimini baholashda pedagogning akademik mustaqilligini ta’minlash uchun yetarli sharoitlar yaratish;
2.6. Malaka oshirish kurslaridan o’tgan pedagog kadrlar faoliyati natijadorligining monitoringini ta’minlaydigan electron axborot bazani ishlab chiqish;
2.7. Professor-o’qituvchilarni xorijda stajirovka o’tash va malaka oshirish maqsadida shartnomalar imzolash
2.8. Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish 2.9. AKT jihozlari asosida kafedra qoshida «Smart o’quv xona»sini tashkil etish;
2.10. «Korruptsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil etib borish.
2.11. Pedagogika fanlarining tarmoqlari bo’yicha zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan o’quv va ilmiy laboratoriya bazasini yaratish
III. Kafedra mudirining vazifalari:
3.1. Talabalarni ijtimoiy-ma`naviy va ma`rifiy qo’llab-quvvatlash maqsadida kafedra qoshida markaz tashkil etish va pedagogik mavzuda rag’batlantirish treninglari, davra suhbatlari, anonim ijtimoiy so’rovlar o’tkazish.
3.2. Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; 3.3. Talabalar bilan tarbiyaviy ishlashda professor-o’qituvchilarning mas’uliyatini oshirish, ta’lim va tarbiyaning o’zaro uyg’unligini amalda ta’minlash;
3.4. O`quv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va o’qituvchilarni jalb etishga erishish; 3.5. Nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan muallif (hammualliflaning 1-mualifini)larni moddiy rag’batlantirishga tavsiya eish;
3.6. Kafedra kesimida professor-o`qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini baholash bo’yicha reyting va indikatorlar tizimini joriy etish;
3.7. Darslik va o’quv qo’llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun institut xarajatlari smetasidan professor-o`qituvchilar uchun kredit berish taklifini kiritish;
3.8. Darslik va o’quv qo’llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni yaratish uchun professor-o`qituvchilarga 3oy muddat ijodiy ta`til berish sharoitini yaratish;
3.6. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llamaydigan o’qituvchilarga tanqidiy baho berib, ularni kelgusida professor-o’qituvchilar tarkibida olib qolish xulosalarini joriy etadigan mexanizmni ishlab chiqish;
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI, “PEDAGOGIKA” KAFEDRASINING BUGUNGI KUNI Pedagogika kafedrasi institut rektorining 2021 yil 158-сонли buyrug`i asosida Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida taskil etilgan. Pedagogika kafedrasida jami 14 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi, ulardan nafari bo’lib, 7 nafari fan nomzodi, 2 nafari katta o’qituvchi, 3 nafari o’qituvchi va 2 nafari assistent o’qituvchilardir 5 nafar o’qituvchi o’rindoshlar sifatida, asosiy shtatda 8 nafar o’qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 % Kafedra professor-o’qituvchilarining o’quv-uslubiy faoliyati institutning Pedagogika va psixologiya fakultetining bakalavriat “Pedagogika va psixologiya”, “Defektologiya” ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechki gruxlarida, Pedagogika va psixologiya va Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’icha) magistratura mutaxassisliklarida dars berib kelmoqdalar. Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 35 ni tashkil etadi. Kafedrada 2021-2022-o’quv yilida “Pedagogika va psixologiya”, “Defektologiya”bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va Pedagogika va psixologiya va Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’icha) magistratura mutaxassisliklari uchun barcha o’qitiladigan pedagogika fanlari bo’yicha sillsbus, fan va ishchi fan dasturlari, yangi o’quv-uslubiy majmualar,tarqatma materiallar ishlab chiqildi. o’quv uslubiy majmualar Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi №107 sonli buyruq asosida tayorlangan. Professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida o’quv yuklamalari taqsimoti 2018 yil 10 sentyabrdagi №20-2018 vaqt me’yorlari asosida taqsimlangan. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI, “PEDAGOGIKA” KAFEDRASINING ERISHGAN NATIJALARI Kafedraning 5 nafar o’qituvchilari ilmiy tadqiqot mavzularini tanlab, 40% bajarishga erishganlar 2021 yilda kafedraning professor-o’qituvchilaridan dotsent O’ Yuldashev “Umumiy pedagogika” fanidan darslik yaratdi, 2022 yilda kafedraning professor-o’qituvchilaridan dotsent Z.Xolmatova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan darslik yaratdi. 2021 yilda kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan jami 2 o’quv uslubiy qo’llanma, 12 ta respublika OAK tasarrufidagi “Uzluksiz ta`lim” jurnalda, 2 ta skopus, 6 ta impafaktor, 15 ta konferentsiya uchun maqolalar chiqdi. 2021-yil 28–29-oktabr kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida pedagogik fikrlar taraqqiyotining xususiyatlari va istiqbollari” mavzusidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalari to‘plamiga Rossiya, Belorussiya, Buyuk Britaniya va mamlakatimiz Oliy ta’lim muassasalari yetakchi pedagog olimlarining ilmiy ishlari kiritilgan. 2021 yilda kafedra professor-o`qituvchilaridan N.A.Ortiqova “Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida siyosiy elitani shakllantirish jadal taraqqiyot omili sifatida” mavzusida siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Xalqaro hamkorlik ishlari bo’yicha xorijdan 2 nafar professor o’qituvchi o’quv jarayoniga jalb qilindi. Xususan, 2021 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Perm davlat gumanitar pedagogika universiteti professori ped.f.d. Kruze Boris Aleksandrovich bilan “Umumiy pedagogika”ga fanidan Pedagogika va psixologiya va Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’icha) magistratura mutaxassisliklari ta’lim yo’nalishi talabalariga 6 soat ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazildi.