Skip to content

Biologiya kafedrasi

Biologiya kafedirasi mudiri

Madumarov Maqsadjon Jumanovich

Biyalogiya fanlari bo’yicha falsafa doctori (PhD)

Kafedra 1980 yilda “Umumiy biologiya” nomi bilan tashkil topgan. 1992 yilda institut qoshida yangi kimyo-biologiya mutaxassisligi tashkil qilinib, birinchi marta talabalar qabul qilingan. 1993 yilda Umumiy biologiya kafedrasidan Kimyo kafedrasi mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqqan. Umumiy biologiya kafedrasiga birinchi kafedra mudiri sifatida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Erkinjon Toshpo`latov rahbarlik qilgan. Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan: 1988-1994 yy. — b.f.n Sobirjon Meliboyev; 1994-1997 yy. – b.f.n. Murodjon Namozov; 1997-1998 yy. – b.f.n., dotsent G`ayradjon Xolmuxammedov; 1998-2001 yy. – q/x.f.n, dotsent Ibragim Yusupov; 2001-2004 yy. – b.f.n., dotsent Sobirjon Meliboyev; 2004-2010 yy. – q/x.f.n, dotsent Saminjon Usmonov; 2011-2012 yy. — katta o`qituvchi Abduvohid Ma`murov; 2012 yy. – b.f.n., dotsent A`zamjon Jabborov; 2012-2015 yy. – b.f.n., dotsent Ra`noxon Mo`minova; 2015-2021 yy. – k.f.n., dotsent Abdulatif Gapparov; 2021-2022 yy. – b.f.f.doktori (PhD) Mashhuraxon Isaboeva 2022 yilning aprel oyidan boshlab biologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD) Maqsadjon Madumarov Jumanovich rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 10 ta fan nomzodlari (6 ta dotsent), 7 ta katta o`qituvchi hamda 18 ta o`qituvchilar faoliyat olib bormoqda. 2014-yil mart oyidan kafedra “Biologiya o‘qitish metodikasi” 2020 yil sentyabr oyidan “Biologiya” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrantlari O‘zR FA tassarufidagi turli ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedrada olib borilgan o‘quv-uslubiy ishlar natijasida 20 dan ortiq turli o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar nashrdan chiqarilgan. Jumladan so‘ngi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma OO‘MTVning Muvofiqlashtiruvchi kengashi grifi asosida nashr ettirildi va o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi. Hozirgi kunda kafedra qoshida

  • 5110400-biologiya o’qitish metodikasi,
  • 5110400-biologiya bakalavriat ta’lim yo’nalishi,
  • 70110901-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (biologiya)

mutaxasisligi bo’yicha magistratura mavjud.