Skip to content

Fizika kafedrasi va astranomiya

 

Fizika kafedirasi mudiri

Bozorov Nosirjon Sodiqovich

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

“Fizika” kafedrasi “Matematika” fakulteti qoshidagi “Matematika o’qitish metodikasi va fizika” kafedrasi tarkibida faoliyatini prof.M.Madaliev rahbarligida boshlagan bo’lib, 1990 yilda alohida “Fizika” kafedrasi nomi bilan ajralib tashkil etilgan. Kafedraga dastlab prof.M.Madaliev (1990 yilgacha va 1993-1994 yillar), f.-m.f n. dots. I.M.Kokanbayev (1990-1992 va 2005-2011 yillar) katta o’qit.G’.Tojiboyev (1995-2005 yillar), Mamadaliyev Begjon Alijonovich (2012-2016 yillar), 2016 mart oyidan sentyabr oyigacha f.-m.f.n. dots. I.M. Maxmudov, 2016 oktyabr oyidan 2018-yilgacha f.-m.f.n. dots. Botirjon Mamadaliyev, 2018 yildan boshlab f.-m.f.n. katta o’qituvchi N.S.Bozorov kafedrani (“Fizika” kafedrasi 2012 yildan “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” va 2021 yildan “Fizika va astronomiya” deb nomlandi) boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada fizika – matematika fanlari nomzodlari, dotsentlar: Kokanbayev I.M., Meliboyev M., Bozorov N.S., Eshboltayev I.M., Mamadaliyeva N.Z., Dadaboyeva F.O., Sultonov R.R., katta o’qituvchilar: Ibragimova R.H., o’qituvchilar: Madaliyev A.M., Qosimjonov R.V., Sattorova D.Yu., Toxirova M.O., Isomaddinova U.M., Qo’qonboyeva Sh., Qo’chqorov M.X., Qurbonaliyev Q.Q., Mirsultonov I., Umurqulov Q.P., Masodiqova D.R., texnik hodimlar: Sharipov U.M., O’rinova K.K., Qo’chqorova M.M., olimlar va o’qituvchilar bakalavr- talabalar va magistrlarga ta’lim va tarbiya berib kelmoqdalar. Fizika kafedrasi tashkil bo’lgan ushbu 34 yillik davr ichida f.-m.f.n. dotsentlar. T. Maxmudov, A Qodirov, M. Alijonov kabi mutaxassis olimlar G’. Tojiboyev, M.Azimovlar 1990 – 2008 yillarda faoliyat ko’rsatib nafaqaga chiqdilar. Kafedrada 7 nafar fan nomzodi-dosentlar (31,3%), 1 nafar katta o’qituvchi (25 %), 11 nafar o’qituvchilar (43,7%) (jami:19 nafar), 5 110200 — fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bakalavrlariga ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishadi. Kafedra qoshida 2003 – 2004 o’quv yilidan boshlab 5A140201 –“Fizika” mutaxasisligi bo’yicha magistratura ochilgan bo’lib magistrlar tayyorlanib kelinmoqda, 2015-2016 o’quv yilidan 5A110201 – “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

O’QUV ISHLARI

Magistrant va bakalavriat uchun o’quv jarayoniga bog’liq barcha me’yoriy hujjatlar va fanlar O’zbekiston Respublikasi OO’MTV buyrug’i bilan tasdiqlangan DTS va na’munaviy o’quv dasturlari asosida tuzilib, dars jarayoni mazkur dasturlar asosida olib boriladi. Kafedradagi ixtisoslik fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslari yetakchi professor – o’qituvchilar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlari namunaviy o’quv dasturlariga mos holda asbob – uskunalar bilan ta’minlangan “Umumiy fizika” ning “Mexanika”, ”Molekulyar fizika va termodinamika”, ”Elektr va magnetizm”, ”Optika”, ”Atom, yadro va elementar zarrachalar”, ”Fizika o’qitish metodikasi”, “Astronomiya va astrofizika” o’quv laboratoriyalarida olib boriladi. Yo’nalish talabalari darsdan bo’sh vaqtlarida ”Yosh fiziklar”, “Yosh astronom” togaraklarida qatnashib o’zlarining bilimlarini oshirib bormoqdalar.

ILMIY, O’QUV-USLUBIY ISHLAR

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 1988 -2022 yillarda quyidagi ilmiy, o’quv uslubiy ishlar bajarilgan *nomzodlik dissertatsiyasini -9 ta * doktorlik dissertatsiyasi -1 ta * o’quv qo’llanmalar -27ta * uslubiy qo’llanmalar -31ta *uslubiy ko’rsatmalar -141 ta *ilmiy maqolalar -342 ta (jumladan chet ellarda ) -85ta *uslubiy maqolalar -386 ta ( jumladan chet ellarda) -93ta *tezislar -522ta ( jumladan chet ellarda) -115 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan.

ILMIY ISHLAR – USLUBIY ALOQALAR

Kafedramiz professor — o’qituvchilari o’zlarining ilmiy – tadqiqot va uslubiy ishlarini Rossiya FA qoshidagi,akademik A.F.Ioffe nomili Fizika texnika instituti,Kazanskiy federalniy universiteti,O’z R FA Fizika texnika ITI, O’z R FA PFITI, Respublikamizning bir qator universitetlari bilan hamkorlikda olib bormoqdalar. Jumladan FarDU professori R.Ya.Rasulov 1990 – yildan, Tosh DPU professori M.Mamadazimov 2011- yildan hozirgi davrgacha bakalavr va magistrlarga maxsus kurslar o’qish va dissertasiyalar tayyorlashda kafedra ilmiy – uslubiy ishlarda hamkorlik qilib kelmoqlar.

ILMIY-TADQIQOT FAOLIOYATINING USTUVOR YO’NALISHLARI

1.Kompozit materiallarni buzilishining mikromexanikasini o’rganish

2.Ko’p fotonli fotoyadro reaksiyalari va ularni xossalarini nazariy yadro modellari asosida tadqiq qilish.

3.Fizika-astronomiya o’qitishda gumonitorlashtirish masalalari.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SOHASIDAGI YUTUQLAR

Kafedra tashkil qilingan davr ichida I.M. Kokanbayev 1988 yil yanvar oyida Moldaviyaning Kishinyov shahrida ”n- PbTe plyonkalarida termik va radiatsion degradatsiyalanish mexanizmlari” nomli nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. I.M. Kokanbayevning ilmiy rahbarligida katta o’qituvchi B.A. Mamadaliev “Kogorentli to’yinish samarasining p – Ge,n – GaP, p — GaAs va p — GaAs – AlGaAs nanotuzilmalarning fotonli kinetik xususiyatlariga ta’siri” nomli nomzodlik dissertasiyasini 2006 yil oktyabr oyida yoqladi, I.M.Eshboltayev, N.Z.Mamadaliyeva va R.R.Sultonov Yarim o’tkazgichlar fizikasi yo’nalishida ,F.O.Dadaboyeva Astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishida PhD darajasini muvofaqqiyatli himoya qildilar. Kafedra olimlari chet ellarda jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Belorussiya, Qirg’iziston, Ukraina mamlakatlarining nufuzli ilmiy jurnallarida va O’z FA ning nufuzli ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalar chop etishdilar. Kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan 482 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar Respublika ilmiy jurnallari va chet el jurnallarida chop etildi. Har xil toifadagi ilmiy anjumanlarda 410 dan ortiq ilmiy va uslubiy ma’ruzalar qilindi. Kafedraning 10 nafar professor-o’qituvchilari institut Kengashida tasdiqlangan ilmiy mavzularda nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqda.

IQTIDORLI TALABALAR HAQIDA MA’LUMOT

Kafedrada professor – o’qituvchilari iqtidorli talabalar bilan ilmiy- uslubuy ishlar olib borishni keng yo’lga qo’yishgan. 2000 -2017 yillarda iqtidorli talabalardan M.Yuldasheva, D.Sharofxonova, F.Dadaboyeva. I. Eshboltayev, Sh. Xidirova, Q.Qurbonaliyev, A.Abduholiqov, F.Kamoliddinovlar fizika fani bo’yicha Respulika Oliy o’quv yurtlari orasida o’tkaziladigan II – tur olimpiadasiga qatnashib pedagogika institutlari miqyosida yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda. Kafedra yo’nalishidagi bakalabr bitiruvchilaridan 16 nafari hozirgi kunda fizika kafedrasi qoshidagi 5A110201 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) yo’nalishi magistraturasida tahsil olmoqda. Kafedra dotsenti I.M.Kokanbayev kafedradagi yosh o’qituvchilar va magistrantlardan shogirdlar tayyorlash borasida faol ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Dots. I.M.Kokanbayev rahbarligida ilmiy ish olib borgan talabalardan; 2002-2001 o’quv yilida M. Yuldasheva “Ulug’bek” nomidagi davlat stipendianti., 2001- 2002 o’quv yilida D.Sharofxonova “Ulug’bek” nomidagi davlat stipendianti., 2002-2003 o’quv yilda F.Dadaboyeva “Ulug’bek” nomidagi davlat stipendianti.. 2003 — 2004 o’quv yilida I. Eshboltayev “A.R.Beruniy” nomidagi davlat stipendianti, 2012-2013 o’quv yilida Q.Qurbonaliev “Ulug’bek” nomidagi davlat stipendianti., 2013-2014 o’quv yilida T.Bo’rievlar “ Ulug’bek” nomidagi O’z.R. Davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldilar. Ushbu stipendiatlardan F.Dadaboyeva, I. Eshboltayev, Q.Qurbonalievlar hozirgi kunda kafedrada o’qituvchlik qilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug’ullanib borishmoqda.

ERISHILGAN YUTUQLAR.

2021 yilda kafedra professor-o‘qituvchilaridan 1 nafari dotsentlik ilmiy unvonga bo‘ldi, 1 nafar professor-o‘qituvchi TOP-200 taligida bo‘lgan Qozon davlat federal universitetida 3 oylik stajirovkani muvaffaqiyatli o’tab keldi. 2 nafar professor-o‘qituvchi PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 ta o’quv qo‘llanma va 4 ta monografiya nashr ettirildi. Xalqaro e’tirof etilgan ilmiy-texnik Scopus hamda Web of science bazalarda 2 ta maqola nashr ettirildi.