Skip to content

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi

 

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedira mudiri

Abdunazirov Lutfillo Mamanovich

Geografiya fanlari nomzodi, dotsent

Geografiya yo‘nalishi 1999-2000 o‘quv yilining mart oyida biologiya kafedrasidan mustaqil kafedra sifatida ajraldi. 2000-2014 yillarda kafedra “Geografiya va iqtisodliy bilim asoslari” nomi bilan faoliyat yuritdi va shu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorladi. 2014 yildan boshlab kafedra “Geografiya o‘qitish metodikasi” ga o‘zgartirildi va shu yo‘nalishda kadrlar tayyorlay boshladi. 2021 yildan boshlab kafedra “Geografiya va iqtisodliy bilim asoslari” ga o‘zgartirildi va shu yo‘nalishda kadrlar tayyorlay boshladi Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan: 2000-2001 b.f.n. A.Jabborov, 2001-2004 b.f.n. S.Abdunazarov, 2004-2014 kata o’qituvchi M.Mo‘ydinov, 2010-2012 b.f.d.,professor V.Yu.Isaqov, 2012-2014 i.f.n. N.Babaeva, 2014-2016 g.f.n. D.G.Mo‘minov, 2017-2019 yillarda b.f.d.,professor V.Yu.Isaqov, 2019-yil Fevral oyidan pffd PhD, dotsent L.M.Abdunazarov kafedra mudiri etib tayinlandi va hozirgi kunga qadar boshqarib kelmoqda. Kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 1 nafari fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodlari, 2 nafar falsafa doktori PhD, 3 nafari dotsent, 3 nafari katta o’qituvchilardir. Joriy o’quv yilida 1 nafar kafedra katta o’qituvchilari ilmiy ishlarini himoya qilishlari rejalashtirilgan. Kafedra bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni geografiya ta’limi tizimiga tadbiq qilish hamda Farg‘ona vodiysining geoekologiyasi, iqtisodiyoti yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedraning xodimlari so‘nggi 2 yil ichida 110 ta ilmiy ish, shu jumladan, 1 ta monografiya, 5 ta darslik, 4 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 105 ta ilmiy maqola chop etdilar. Kafedra xorijiy davlatlardan Qozog’iston Respublikasining Abay nomidagi Qozog’iston milliy pedagogika universiteti, Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasining Kazan federal universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Kafedra professor –o’qituvchilari yuqoridagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o’tab, malaka oshirib borishmoqda. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari rafedrasi tayyorlaydigan mutxassislik-60111000 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 5110500- Geografiya o’qitish metodikasi Bakalavriat ta’lim yo’nalishini tamomlagan bitiruvchilar ishlashi mumkin bo’lgan soxalar: • umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida Geografiya va iqtisod fanlaridan o’rnatilgan tartibda dasr berish. • umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaidan tashqari muassasalarda tarbiyachi bolib ishlash; • ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash; • tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarda kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash; • o’rta, o’rta-maxsus , kasb-hunar ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ishlash • ishlab chiqarish sohalarida kompyuter texnologiyalari, kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o’qitishning didaktik vositalari, ta’limning elektron vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.