Skip to content

Informatika kafedrasi

 

Informatika kafedirasi mudiri

Rasulov Inom Muydinovich

“Informatika” kafedrasiga 2021-yil QDPI Kengashining avgust oyidagi qaroriga asosan tashkil qilingan. “Informatika” kafedrasiga 2021-yil 6-sentabrdan boshlab Ph.D I.M.Rasulov mudirlik qilib kelmoqda. Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik. 2021-yil dekabr oyida Rossiya davlat gumanitar universiteti (Moskva shahri) professori, pedagogika fanlari doktori Valentin Konstantinovich Jarovga “Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichda “Informatika o‘qitish metodikasi” fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni, Dmitriy Andreevich Kozlov “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi 1-kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot ishlari metodologiyasi” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Respublika OTMlar bilan hamkorlik. 2021-yil may oyida TDPU professori, pedagogika fanlari doktori A.Abduqodirov “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi 1-kurs magistrantlariga “Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar” fani bo‘yicha master klass olib bordi. Erishilgan yutuqlar. 2022-yilda kafedra professor-o‘qituvchilaridan 1 nafari Joʻrayev Muzaffar Mansurjonovich ilmiy darajaga ega bo‘ldi, 1 nafar professor-o‘qituvchi Mamadjanova Svetlana Valentinovna dunyoning TOP-200 taligida bo‘lgan Qozon davlat federal universitetida 3 oylik stajirovkani muvaffaqiyatli o’tab keldi. 3 nafar professor-o‘qituvchilar Jumanqoʻziyev Oʻktam, Shirinov Feruzbek, Hakimova Yoquthon PhD dissertatsiyasini himoya qilish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta oʻquv qo‘llanma nashr ettirildi. Kutilayotgan natija 2022-yilda 3 nafar professor-o’qituvchi tayanch doktaranturaga kirish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda, 3 nafar professor-o’qituvchi PhD dissertatsiyani yakunlab, himoya qilishi kutilmoqda. 3 ta o’quv qo’llanma nashr etilishi ko’zda tutilgan.