Milliya g’oya, ma’naviyat asoslari huquq ta’lim kafedrasi
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri
Boytemirova Zarina Dadajonova
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi 2002 yilda tashkil etilgan. Hozirgacha, kaferda professor-o’qituvchilari tomonidan talabalarga xalqimizning milliy qadriyatlariga asoslangan ma’naviy merosimiz, zamonaviy milliy yangilanishlar, davlat va jamiyat hayotini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar haqida bilim berib kelinadi. Yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan bilim berish asosida talabalarda Vatanga muhabbat, milliy o’zlikni anglash, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish, yuksak ma’naviy va huquqiy madaniyat egasi bo’lib yetishishlariga o’z hissalarini qo’shishmoqdalar. Kafedrada milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq yo’nalishiga doir 34 ta fan o’qitiladi. Kafedra tarkibida 15 nafar asosiy va 7 ta o’rindoshlik asosida ishlovchi professor-o’qituvchilar talabalarga bilim berishadi. Ulardan 8 nafarini fan nomzodlari va ularga tenglashtirilgan falsafa doktorlari (PhD) tashkil qiladi. Hozirda yo’nalishda 234 nafar talaba tahsil olmoqda. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan turli to’garaklar va tadbirlarni olib borish yo’lga qo’yilgan. Bu orqali talabalarning bilim va ko’nikmalari mustahkamlanib, ularni chinakam o’z mutaxassiligining fidoyilari bo’lib yetishishiga harakat qilinmoqda. Bunda tajribali olimlarimizdan M.Aminova, N.Siddiqov, H.Sapoxonov, Z.Boytemirova, boshqalarga o’rnak bo’lishmoqdalar. So’nggi yillarda J.Azamov, D.O’rinboev, J.Qurbonov, J.Mirahmedovlar o’z ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishib falsafa doktori (PhD) darajasiga erishishdilar. Yosh tadqiqotchilardan yana bir nechtasi o’z dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida turibdilar. Kafedra Respublika fan olimpiadasi, xalqaro ilmiy konferensiyalarning yetakchi tashkilotchilaridandir. Kafedrada ilmiy salohiyatli va mutaxassis professor-o’qituvchilar tomonidan darslar innovatsion texnologiyalar asosida olib boriladi.