Skip to content

INSTITUTNING ILMIY FAOLIYATI

Institutda hozirgi kunda 540 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning 181 nafari ilmiy unvon va ilmiy darajaga egadirlar. Jumladan, fan doktorlari 9 nafar, fan nomzodlari va dosentlar soni 156 tani tashkil etadi, 77 nafari (PhD) ilmiy darajasiga ega. Ilmiy salohiyat 33,5% ni tashkil etadi.

2022 yilida institutda fanlari doktori (DSc) bo‘yicha 2 ta hamda falsafa fanlari doktori (PhD) bo‘yicha 34 dan ortiq dissertasiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining 2021 yil 14 iyundagi 1-8/1447-sonli xatiga asosan Qo‘qon davlat pedagogika institutdagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.05.2021.Fil.132.01 raqamli 10.00.01-o‘zbek tili, 10.00.11- Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengash ochildi.

Hozirda 10.00.01- O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha (PhD) 5 ta, 3ta mustaqil izlanuvchi, 2 ta stajyor tadqiqotchi, (DSc) 1 ta 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (PhD) 7 ta, 2 ta stajyor tadqiqotchi, 02.00.09- Tovarlar kimyosi ixtisosligi bo‘yicha (PhD) 2 ta, 1ta stajyor tadqiqotchi, 02.00.10- Biorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha (PhD) 5 ta, 1 ta stajyor-tadqiqotchi doktorantlar tahsil olib kelmoqdalar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021- yil 6- avgustda 5/5 Hay’at qarori bilan 01.01.01-Matematik analiz, 01.01.01-Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 03.00.13-Tuproqshunoslik, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 02.00.11-Kolloid va membrana kimyosi, 10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura ochildi.

Institutda mavjud “Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar” ilmiy jurnali O‘zR VM huzuridagi OAKning 2021 yil 31 martdagi Rayosatining qarori bilan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kimyo, biologiya, tarix, filologiya fan tarmoqlari bo‘yicha milliy nashrlar sifatida kiritildi.

Institutda “Zamonaviy talim va taraqqiyot (ilmiy elektron jurnal)” tashkil etildi.
Institutda respublika ilmiy jurnallarida-301, respublika anjuman to‘plamlarida-165, xalqaro ilmiy jurnallarda-335, xalqaro anjuman to‘plamlarida-184, monografiya-3 ta nashr ettirildi.
Institut hozirgi kunda ikkita amaliy grant loyiha amalga oshirilmoqda.

1.“Bolalarning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar platforma yaratish”.
2. “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb sayt yaratish”

O‘zbekiston Ruspublikasi innovasion rivojlanish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy innovasion rivojlanish boshqarmasi tomonidan 2022-yil 22-23 iyul kunlari Farg‘ona politexnika institutida “InnoWyeyek.uz-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi tashkillandi. Unda Qo‘qon davlat pedagogika instituti ham faol ishtrok etdi.

Xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha oktyabr xolatiga 87 ta shartnomalar tuzilgan. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha institut hisob raqamiga 380 mln so‘m mablag‘lar tushgan.