Skip to content

Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohasidagi ishlar to’g’risida gi

MA’LUMOT.

QDPI professor-o’qituvchilar jamoasi, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi hodimlari o’z faoliyatlarini ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib bormoqda.

Jumladan, “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarorda aholining keng qatlamlari, avvalambor,yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo‘naltirilgan davra suhbatlari va uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, yoshlarga bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga va islohotlarga qarshi qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etishga bir qancha vazifalar belgilab olingan.

Bugungi kunda ma’naviy — axloqiy jihatdan yetuk va sog‘lom dunyoqarashga ega bo‘lgan insoniy fazilatlarni ro‘yobga chiqara oladigan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaralganda institutda ma’naviy – ma’rifiy ishlar bugungi kun talablari darajasida olib borilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya ishlari asosan ma’naviy barkamol, axloqan yetuk insonlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Rejada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan:

  1. Talaba-yoshlarga ilmiy va kasbiy bilimlar berish bilan cheklanib qolmasdan, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan oshno etuvchi, shaxsiy sifatlarni qaror toptiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;( Zakovat,QVZ,…)

  2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini targ‘ib qilish,xususan,institutning kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘z sohasidagi yangiliklarni yoshlarimizga sifatli va tezkor tarzda yetkazish;

  3. Talaba-yoshlar orasida siyosiy-informatsion hushyorlikni oshirish, ogohlik, tinchlik, hamjihatlik kabi g‘oyalarni keng targ‘ib qilish.(Profilaktik tadbirlar va uchrashuvlar)

  4. Milliy g‘oyani targ‘ib qilish, mustaqilligimiz mohiyatini, uning istiqboli va yaratilgan imkoniyatlarni talaba-yoshlar qalbiga chuqur singdirish;

  5. Talaba-yoshlar o‘rtasida sport va jismoniy tarbiyaning ahamiyatini tushuntirish, sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar salmog‘ini oshirish, sog‘lom turmush tarzi falsafasini hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarish; (Barkamol avlod,Universiada,Talabalar bahori kabi sport o’yinlari)

  6. Yurtimiz va jahonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi axborotlar talqinini ob’ektiv shaklda to‘g‘ri yetkazish, O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni himoya qilishga o‘rgatish, siyosiy madaniyatni qaror toptirish;(TTJda turuvchi talabalarni sudyalar va adliya hodimlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish,sayyor sudlarni shu yerda tashkillash.)

  7. Institutdagi har bir fakultetda, akademik guruhlarida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarni madaniy merosimiz, urf-odatlarimizga nisbatan e’tiqodini oshirish;(Tarixiy va qadimiy shaharlarga sayohat,muzeylarga tashrif)

  8. Bo‘lajak mutaxassis shaxsida insonparvarlik, hamjihatlik va hamkorlik fazilatlarini qaror toptirish;( Maktablarda namuna va ibrat ko’rsatgan ustozlarga “Ustoz-shogird” tarzida biriktirish)

  9. Institutda «Ustoz-shogird» tizimini doimo takomillashtirib, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish;

  10. Talaba-yoshlar ijodiyotini rivojlantirish, ilmiy-texnik, badiiy, intellektual yo‘nalishdagi tugaraklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va rag‘batlantirib borish.(Barkamol avlod bolalar markazlariga,ijod uylariga,kasb-hunar markazlariga biriktirish orqali)

Institut jamoasining ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy yo‘nalishdagi bosh vazifasi “Yoshlar-kelajak bunyodkori” shiori ostida talaba-yoshlarni Ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, yetuk, davr talabiga javob beradigan, raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassis-kadrlar, axloqiy, jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu dolzarb vazifalar ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya ishlari rejasida to‘la o‘z aksini topgan.Ayniqsa,2022-2026-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining “TARAQQIYOT STRATEGIYASI” o’z oldimizga yangidan yangi vazifalar qo’ydi.

Talaba–yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarga asoslangan yangi uslublardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosan quyidagi ustivor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

  • Dunyoda har kuni bir xil tong otmagani kabi,ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ham o’zgarishlar bo’lib turadi.Shunday ekan,bosh maqsadimiz talabalarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida, ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy yetuk, ijtimoiy faol, milliy g‘ururli, barkamol insonlar qilib tarbiyalashda Vatan va millat tarixini to‘la o‘rganish (tarixiy sanalarni, milliy bayramlarimizni nishonlash)ga oid ishlar;

  • Talabalarni, professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning o‘qish, fan bilan shug‘ullanish hamda kasbiy tarbiya uchun to‘la imkoniyat yaratish,sog’liklari va ishchanlik qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar;

  • Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm kabi vayronkor goyalarga, giyohvandlikka qarshi kurash sohasidagi ishlar;

  • Talabalar shaxsini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash hamda tarbiya texnologiyasi muammolariga oid ishlar;

  • Talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy ongini rivojlantirish, ularda tashabbuskorlik, milliy va diniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni takomillashtirish, tanqidiy va tahliliy, erkin fikrlash, mustaqil hayotga, oila qurishga tayyorlashga, ekologik tarbiyaga oid ishlar.