Skip to content

Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoʻshma taʼlim dasturlari haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq Qoʻqon davlat pedagogika institutida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi hamda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida talabalarni oʻqitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olingan diplom berish amaliyoti joriy etildi.

Qoʻqon davlat pedagogika institutida hozirda 6 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan  hamkorlikda  bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligi  boʻyicha talabalarni oʻqitish tashkil etilgan: Rossiya davlati Akmulla nomli Boshqird davlat pedagogika universiteti (BDPU), Rossiya davlat kasb-hunar pedagogika universiteti (RDKXPU), Belarus davlati Yanka Kupala nomli Grodno davlat universiteti (GrDU), Qozon federal universiteti filiali Yelabuga instituti va Qozon federal universitetlari bilan.  Hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalarda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 1-4 semestrlar — Qoʻqon davlat pedagogika institutida, 5-8 semestrlar — hamkor oliy taʼlim muassasalarida, magistratura mutaxassisligida 1-semestr — Qoʻqon davlat pedagogika institutida, 2–semestr hamkor oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan.

2023-2024 oʻquv yilida Qoʻqon davlat pedagogika instituti Yanka Kupala nomli Grodno davlat uniyersiteti (GrDU) xamda Qozon federal universiteti filiali Yelabuga instituti (YEI KFU) bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga va 2 ta magistratura mutaxassisligiga kvota boʻyicha qabul oʻtkazilib, 26 talaba magistratura mutaxassisligiga va 30 talaba bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul qilindi.

Jami boʻlib qoʻshma taʼlim dasturlarida 185 nafar talaba tahsil olmoqda.

2022-2023 oʻquv yilida M.Akmulla nomli Boshqird davlat pedagogika universiteti bilan va Rossiya kasb-hunar pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishini 65 nafar talaba hamda Qozon federal universiteti  magistratura mutaxassisligi boʻyicha 5 nafar talaba oʻqishni tamomlab, ikki tomonlama tan olingan diplom bilan taqdirlandi.