Skip to content

 

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi haqida ma’lumot

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Ilmiy — innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3698-sonli qaroriga asosan 2019-yilda tashkil qilingan va shu kunga qadar faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kungacha ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

2019-2021-yil “Tovar baliq chavoqlarini yetishtirishda tabiiy ozuqa bazasi – plankton organizmlarni ko‘paytirish usullari va ularning amaliy ahamiyati” mavzusidagi innovatsion loyiha;

2022-yil “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha;

2022-2023-yil “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha;

2023-2024-yil “Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida shaxmat sport turini targ‘ib qilish” mavzusidagi tijoriy loyiha;

2024-yil “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi g‘oliblari.

“Kreativ ta’lim vainnovatsiyaa – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Qo‘qon davlat pedagogika instituti Farg‘ona viloyatidan ishtirok etgan “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” sifatida e’tirof etildi. Alpomish muz saroyida bo‘lib o‘tgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining rasmiy yopilish marosimida Qo‘qon davlat pedagogika instituti dotsenti Feruza Teshaboevaning “Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida shaxmat  sport turini targ‘ib qilish” loyihasi “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi tomonidan xotin-qizlarni innovatsion g‘oyalari, loyihalari va ishlanmalarini joriy etishlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” Respublika tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichida ishtirok etgan Maxsus pedagogika kafedrasi v.b dotsenti (PhD) Madinaxon Mahmudova “Omadli start” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2023-yilda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan xo‘jalik shartnomalari asosida 580 000 000 (besh yuz sakson million) so‘mdan ortiq mablag‘;

“Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida shaxmat sport turini targ‘ib qilish” mavzusidagi tijoriy loyiha orqali 450 100 300 (to‘rt yuz ellik million bir yuz ming uch yuz) so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda 2023-yil davomida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan 1 000 000 000 (bir milliard) so‘mdan ortiq mablag‘ jalb qilishga erishildi.