IMTIHON SANALARIDA O‘ZGARISH! Turli kamchiliklar tufayli arizalari rad etilgan abiturientlarga kamchiliklarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha imkoniyat berish maqsadida 11 avgust va 12 avgust kunlari o‘tkaziladigan kirish sinovlari 15 va 16 avgust kunlariga ko‘chirildi. 13 va 14 avgustga rejalashtirilgan imtihonlar esa o‘z vaqtida boshlanadi. Ushbu yangilangan jadval orqali imtihon topshiradigan vaqtingizni yana bir bor ko‘rib oling!(Yuklab olish). 
Abiturient jadvalda ko‘rsatilgan sana va vaqtdan kechikmay, fuqarolik pasporti bilan kelishi shart. O‘z smenasiga kechga qolgan va kelmagan abiturientlar uchun sababidan qat’iy nazar kirish sinovlari qayta o‘tkazilmaydi!