
Qo‘qon davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi tomonidan oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishni istaganlar uchun pandemiya sharoitida arizalarni onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun +99897-502-33-12 telegram raqamiga quyidagi hujjatlarni sifatli PDF shaklda jo‘natishlari so‘raladi:
1. Institut rektori nomiga ariza (namuna asosida).
2. Abiturientning pasport nusxasi.
3. Imtihonga kirish ruxsatnomasi nusxasi.
4. Imtihon natijasi nusxasi.
ESLATMA: Ushbu hujjatlarning asli (qog‘oz varianti)ni abiturient shartnoma tuzish uchun institutga kelganda o‘zi bilan birga olib kelib topshiradi.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga
Bir ballgacha yetmagan abiturientlar uchun — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
4 balldan ortiq yetmaganlar uchun — 10,0 barobar (56,7 balldan yuqorilar)
56,7 balldan past to‘plaganlar uchun — 20,0 barobar
2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori:
Kunduzgi ta’lim shakli: 5.771.349 so‘m (stipendiyasiz)
Sirtqi ta’lim shakli: 6.793.300 so‘m