Hozirgi kunda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik, asosan, “Erazmus +” va “Erazmus Mundus” dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda.
“Erazmus Mundus” dasturi doirasida QDPIda “ModeHED” va “RUECVET” loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.


Loyiha vazifalarini amalga oshirishda Qo`qon davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan ta’lim markazida malaka oshirish kurslari olib boriladi. Kurslar loyiha doirasida milliy va xorijiy ekspertlar tomonidan yaratilgan malaka oshirish dasturi asosida o`tkaziladi.
«ECVET Yevropa sinov birliklari tizimini kasb-hunar ta’limida qo`llash» kursi
Ta’lim shakli: auditoriya, onlayn
Tinlovchilarga beriladigan hujjat: malaka oshirish sertifikati
Kurs maqsadi: tinglovchi tomonidan tanlangan mutaxassislik misolida Yevropa sinov birliklari tizimini (ECVET) O`zbekiston kasb-hunar ta’limida qo`llash istiqbollari haqida ma’lumot berish va mustahkamlash.
Kurs tavsifi: malaka oshirish dasturi O`zbekistonning kasb-hunar ta’limi tizimiga ECVET kredit tizimini joriy etish uchun uslubiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga qaratilgan. Mazkur kurs milliy qonunchilik va ECVETni joriy qilish hamda Yevropa malakalar doirasini qo`llashda oid Yevropa me’yorlari va qoidalarini inobatga olgan holda tuzilgan.
|
Rossiya |
O`zbekiston |
Daraja (EQF): |
6 |
5-6 |
Sinov birliklari:(1 sinov birligi = 36 soatga teng) |
5 |
5 |
Soatlarning umumiy hajmi: |
180 |
180 |
Auditoriyadagi soatlar: |
36 |
36 |
Mazkur kurs quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
· iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo`lgan va turdosh mutaxassisliklar bo`yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo`lgan malakali kadrlarni tayyorlash;
· kadrlarga bo`lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo`yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
· yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o`quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish, talabalar mobilligini amalga oshirish;
· kasb-hunar ta’limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta’lim standartlari tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va e’tirof etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
· kasbga o`rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz davlat ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish bo`yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish;
· mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o`stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo`lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o`quv jarayoniga innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo`llab kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o`zaro yaqin hamkorligini ta’minlash.
Ta’lim natijalari (TN) |
Mehnat faoliyati (MF) |
TN 1. KHT milliy tizimida ECVETni qo`llashga oid me’yoriy-huquqiy asoslarni aniqlash |
MF 1 — KHT xalqaro tajribasida ECVET dan foydalanishning tamoyil va yo`nalishlarini tahlil qilish |
MF 2 — ECVET kontekstida KHT ta’limiy dasturlarini ishlab chiqishning me’yoriy-huquqiy asoslarini aniqlash |
|
MF 3 — ECVET kontekstida aniq tanlangan mutaxassislik va malaka talablariga doir ta’limiy dasturni ishlab chiqish uchun zaruriy hujjatlarni aniqlash |
|
TN 2. RUECVET metodikasi bo`yicha malakalarning funksional tahlilini amalga oshirish |
MF 4 — ish beruvchilar bilan hamkorlikda malaka talablarining funksional tahlilini amalga oshirish uchun ma’lumotlar yig`ishni amalga oshirish |
MF 5 — malakalar mazmunini milliy malakalar tizimi bilan moslashtirish |
|
MF 6 — malakalarning funksional xaritasini ishlab chiqish |
|
TN 3. ECVET kontekstida ta’lim natijalarini aniqlash va baholash |
MF 7 — o`tkazilgan malakalar funksional tahlili asosida ta’lim natijalarini aniqlash |
MF 8 — Blum taksonomiyasidan foydalangan holda ta’lim natijalari mazmunini qurish |
|
MF 9 — ECVET tizimiga mos ravishda ta’lim natijalari blokini ishlab chiqish |
|
TN 4. KHTda talaba va o`qituvchilarning mobilligiga erishishni qo`llab-quvvatlash |
MF 10 — talabalar mobilligini tashkil qilish maqsadida sinov birliklarini dasturning struktur elementlari bo`yicha taqsimlash |
MF 11 — tanlangan malaka/mutaxassislikka KHTda mobillik uchun ECVET mexanizmlarini aniqlash |
|
MF 12 — o`zaro tushunish haqidagi Memorandum (MoU), ta’lim to`g`risida kelushuv va ECVET metodologiyasi doirasida shaxsiy muvaffaqiyat to`g`risidagi hujjatlar namunasini jamlash. |
Ta’lim natijalari: kurs yakunida tinglovchilar quyidagilarni amalga oshira oladilar.
TN 1. KHT milliy tizimida ECVET ni qo`llash bo`yicha me’yoriy-huquqiy asoslarni aniqlash
TN 2. RUECVET metodikasi bo`yicha malakalarning funksional tahlilini amalga oshirish
TN 3. ECVET kontekstida ta’lim natijalarini aniqlash va baholash
TN 4. KHTda talaba va o`qituvchilarning mobilligiga erishishni qo`llab-quvvatlash
Tinglovchi bo`lish uchun talablar: tinglovchida bakalavr yoki undan yuqori daraja borligi
Maslahat uchun: bizning ekspertlar bilan bog`lanish uchun saytdagi havolani bosing “Ekspertlar”.

Adres: O`zbekiston Respublikasi, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri, Turon ko`chasi 23, Qo`qon davlat pedagogika instituti, Axborot resurslari binosi, 1 qavat, chap tarafda. Erasmus+ va proekt emblemalari bor eshik.
Bizning auditoriya: Ta’lim markazi 2 xonadan iborat va xonalarga simsiz internet o`rnatilgan.
• Konferensazal – maydoni 40 m2
• O`quv xonasi – maydoni 20 m2
Konferensazal onlay video/audio konferensiyalar va prezentatsiyalar uchun ajratilgan. Dinamikli videokonferensa aloqa kamerasi, ekranli proektor, prezenter, printerlar, 2 ta mikrofonli akustik tizim, noutbuk va 2 prezentatsiya doskasi kabi kerakli jihozlar bilan jihozlangan. Konferensazalning sig`imi – 35 kishi va unda barcha zarur mabellar mavjud.
O`quv xonasi interfaol mashg`ulotlar uchun mo`jallangan. U interaktiv qurilmalar bilan jihozlangan, unda proektor va 20 ish stansiyasi mavjud. O`quv xonasining sig`imi – 20 kishi va barcha zarur mebellar bilan jihozlangan.