Institutda mavjud 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha doktoranturada hozirgi kunda 10 nafar doktorant va mustaqil tadqiqotchilar tahsil olmoqda.
Institutda mavjud 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ning bitiruvchisi Xasanova Barno Yusupovna Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi 27.06.2017 Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 2018 yil 27 dekabr 10.00.02- O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Asqad Muhtor hikoyanavislik mahorati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muddatida himoya qildi.
2018 yilda institutda falsafa fanlari doktori (PhD) bo‘yicha 6 dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Gulchehra Sobirjonovna 28.05.2018 yilda O‘zbekiston Milliy universitetida 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “XX asr 50-90 yillari Farg‘ona vodiysi sanoati rivojlanishining ekologik holatga ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar t.f.d., prof. H.E.Yunusova).
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha katta o‘qituvchisi Eshboltayev Iqbol Mamirjonovich 05.06.2018 yilda Andijon davlat universitetida 01.04.10- Yarim o‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “Uch va ikki o‘lchamli elektronlar sistemalarida ko‘p fotonli yutilish va siljishli fotogalvanik effektlarning nazariy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar F.-m.f. d., professor R.Ya. Rasulov).
O‘zbek tili Raxmonov Gaffarjon Ruzmatovich 08.06.2018 yilda Farg‘ona davlat universitetida 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar f.f.d., prof. N.M.Mahmudov).
Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Rasulov Inomjon Muydinovich 21.06.2018 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 13.00.02- Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha “Kompyuter texnologiyasidan ijodiy foydalanish asosida shaxsda loyihalash madaniyatini rivojlantirish (uzluksiz ta’lim misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar pedagogika fanlari doktori, professor O‘.Q.Tolipov).
Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich 28.03.2018 yilda O‘zbekiston Milliy univeritetida 03.00.08-Biologiya ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona vodiysi suv havzalari qisqichbaqasimonlarining faunasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy rahbar b.f.d. prof.I.Mirabdullayev).