SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

O‘quv ishlari boʻyicha prorektorning asosiy vazifalari

- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarni amalga oshirishni tashkil etish; - Institut oʻquv-uslubiy ishlarini hamda oʻquv-uslubiy boshqarma faoliyatini amaldagi meyoruy hujjatlarga muvofiq bajarilishini ta’minlash; - Ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etilishi, ular asosida dars jadvallarini tuzilishi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini nazorat qilish; - Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish; Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash; Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash; Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish; - O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; - Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish; - Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi (dunyo reytingida top-500 talikka kirgan OTMlar) va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlanishini ta’minlash; - Kafedra va dekanat bilan birgalikda kredit-modul tizimi asosida hamda amaldagi baholash mezonlariga muvofiq talabalar bilimini baholanishini amalda qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib borishni ta’minlash; - Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlash; - Kurs ishi, bitiruv malaka ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini buyurtmachi tashkilotlarning takliflari asosida dolzarb muammolarga bag‘ishlanishini ta’minlash hamda ularning yozilishini nazorat qiladi; - Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari (syllabus), va boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqish va tavsiya etish yoki tasdiqlash; - Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish; - Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini rejalashtirish; - Vaqt me’yorlari asosida institutning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ishlar hajmini va tarkibini aniqlash hamda tasdiqlash uchun institut Kengashiga olib chiqilishini ta’minlash; - Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib borish va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish; - Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqish va institutning yillik umumiy hisobotini tayyorlash; - Institut shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida kafedralar tomonidan ochiq darslar tashkil qilinishini nazorat qilish; - Institut Kengashi va O‘quv-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; - Bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtirish, Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish (DAK) bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tayyorlash va ularni institut bo‘linmalari, dekanatlar va kafedralarga etkazish, DAK ishini nazorat qilish, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qilish; - Kafedra professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etish; - Institut kafedralari, fakultet dekanatlari o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib borish, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va institut Kengashlari muhokamasiga kiritish; - Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, baholash qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib borish; - institutda ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori faoliyatini tashkil etish; - akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qilish va texnikumlarga metodik yordam berish. O‘quv ishlari boʻyicha prorektor tarkibidagi boʻlimlar O‘quv ishlari boʻyicha prorektor tarkibidagi boʻlimlar: Oʻquv-uslubiy boshqarma, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi, Raqamli texnologiyalar markazi, Axborot resurs markazi, Qoʻshma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlardan iborat.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • +998785421143
  • Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi
  • kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlar himoyalangan