SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

O‘quv-uslubiy boshqarmaning tarixi

Qo‘qon davlat pedagogika institutining O‘quv-uslubiy boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda O‘quv-uslubiy boshqarma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasida yuksak malakali, zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari, malaka talabalari hamda o‘quv rejalar asosida o‘quv ishlarni tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boshqarmaga 2006-2019 yillar mobaynida A.M.Turg’inov rahbarlik qilgan. Institutning oʻquv boʻlimi 2018 yildan talabalar kontingentining ortishi munosabati bilan Oʻquv-uslubiy boshqarmaga aylantirilgan. 2019-yil 21-oktabrdan B.B.Baratbayev Oʻquv-uslubiy boshqarmaga rahbarlik qilmoqda.

O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari

- O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etilishi, ular asosida dars jadvallarini tuzilishi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini nazorat qilish; - Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirsh; - Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi (dunyo reytingida top-500 talikka kirgan OTMlar) va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlash; - Kafedra va dekanat bilan birgalikda kredit-modul tizimi asosida hamda amaldagi baholash mezonlariga muvofiq talabalar bilimini baholanishini amalda qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib borish; - Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va o‘quv jarayoniga joriy etish; - Kurs ishi, bitiruv malaka ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini buyurtmachi tashkilotlarning takliflari asosida dolzarb muammolarga bag‘ishlanishini ta’minlash hamda ularning yozilishini nazorat qiladi; - Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda kafedralar o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari (syllabus), darsliklar, qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqish va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun O‘quv-uslubiy kengashi hamda institut Kengashiga taqdim etish; - Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish; - Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtirish; - Vaqt me’yorlari asosida institutning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ishlar hajmini va tarkibini aniqlash hamda tasdiqlash uchun institut Kengashiga olib chiqilishini ta’minlash; - Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib borish va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish; - Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqish va institutning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashish; - Institut shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida kafedralar tomonidan ochiq darslar tashkil qilinishini ta’minlash; - Institut Kengashi va O‘quv-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; - Bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtirish, Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish (DAK) bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tayyorlash va ularni institut bo‘linmalari, dekanatlar va kafedralarga etkazish, DAK ishini nazorat qilish, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qilish; - Kafedra professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etish; - Institut kafedralari, fakultet dekanatlari o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib borish, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va institut Kengashlari muhokamasiga kiritish; - Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, baholash qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib borish; - institutda ta’limning kredit tizimini boshqarish; - akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish.

O‘quv-uslubiy boshqarma tarkibi

O‘quv-uslubiy boshqarma tarkibi - boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, uslubchi, ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori bosh va yetakchi mutaxassisi, akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi, o‘quv ishlari bo‘yicha inspektor va dispetcher lavozimlaridan iborat.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • +998785421143
  • Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi
  • kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlar himoyalangan