Yangiliklar

Xalqaro qizlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr  Xalqaro qizlar kuni deb eʼlon qilingan.

Bu sana har yili jahon boʻylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini taʼminlash kabi holatlar kiradi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, joylarda Ayollar daftarini shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlar sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. Ayniqsa, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda koʻmaklashish tizimi joriy etildi.









Bugun Qoʻqon davlat pedagogika institutida Xalqaro qizlar kuniga bagʻishlab Qizlarni sogʻlom va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning muhim sharti ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Qoʻqon shahar xotin-qizlar maslahati kengashi raisi L.A.Nazirova, institut xotin-qizlar maslahati kengashi raisi Z.Boytemirova, institut olima ayollar uyushmasi raisi p.f.d.,N.Sh.Erkaboyeva, institut olima ayoli, tarix fanlari nomzodi, dotsent M.Aminova, mustaqil tadqiqotchi G.Boyqoʻziyeva, Fizika-matematika fakulteti talabasi, Navoiy nomli davlat stepentiati Olimova Dilnoza hamda talaba qizlar ishtirok etdi.



Ilmiy-amaliy anjumanda soʻzga chiqqanlar xalqaro qizlar kuni tarixi, ijtimoiy faol qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni va roli, Yangi Oʻzbekistonda xotin-qizlar masalalariga yangicha munosabatning shakllanishi kabi mavzularda fikr almashdi.

Tadbir soʻngida institutning iqtidorli qizlari tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

QDPI matbuot xizmati