Yangiliklar

“O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida pedagogik fikrlar taraqqiyotining xususiyatlari va istiqbollari”

Qo‘qon Davlat Pedagogika institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida pedagogik fikrlar taraqqiyotining xususiyatlari va istiqbollari” mavzusidagi  Xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjuman

AXBOROT XATI

         Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2021 yil 28-29 oktyabr kunlari O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi pedagogik tizimning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochilishi, ularning xususiyatlari, zamon talablariga javob bera oladigan kompetensiyaga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolari, ushbu muammolar yechimiga xizmat qiluvchi vazifalar, vazifalar ijrosiga oid xalqaro tajribalardan maqsadli foydalanish xamda uchinchi Renessans davrida pedagogik fikrlarni takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida pedagogik fikrlar taraqqiyotining xususiyatlari va istiqbollari” mavzusidagi (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan) Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

         Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida 2021 yilda vazirlik miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga kiritilgan. (ro‘yxat raqami 24).

Konferensiya qo‘yidagi shoʻbalarda ish olib boradi:

². shoʻba. Zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolari va istiqbollari.

²². shoʻba. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida yangicha ta’limiy qarashlarning rivojlanishi.

²²². shoʻba. Pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini takomillashtirishning yangi tizimiga asos solinishi.

Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tili.

      Ilmiy maqolalar quyidagi talabalar asosida rasmiylashtirilishi kerak:

-         maqolalar matnlari  Microsoft Word matn muharriri yordamida Times New Roman shriftida, 1.5 intervalda, 14 o‘lchamda terilgan bo‘lib, yuqoridan va pastdan 2 smdan, chapdan 3sm, o‘ngdan 1.5sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1.5 intervaldan so‘ng muallifning ismi, sharifi, familiyasi hamda ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi nomi va lavozimi to‘liq ko‘rsatiladi.

Matn tahrir qilingan va qaysi shoʻbaga  mansubligi  ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Matnda havolalar to‘rtburchak qavs ichida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami bilan beriladi.(Masalan: [1.25 b.]) Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matnning oxirida beriladi.

-         maqola hajmi 3-5 bet, elektron variantda 2021 yilning 15 oktyabrga qadar tashkiliy qo‘mitaga yetkazilishi lozim. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi.

-         talabga javob bermagan maqolalar chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi;

-         muallif o‘z maqolasining ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan asoslashga  mas’uldir.

Ilmiy-nazariy konferensiya materiallari mualliflarning oldindan  to‘langan badallari xisobidan chop etiladi (har bir sahifa uchun -20 000 so‘mdan, to‘lovlarni Click tizimi orqali  8600130954167047  raqamli plastik kartaga o‘tkazish mumkin).

Manzil: 100074, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turon ko‘chasi, 23 uy, Qo‘qon DPI , Pedagogika va psixologiya fakulteti.

Pedagogika kafedrasi: To‘xtasinova Munira Ibragimovna ( kotiba)

Mas’ul: Yo‘ldashev O‘tkir Jumaqo‘ziyevich.

Qabul vaqti: yakshanbadan tashqari har kuni soat- 1200 dan- 1800 gacha.

Telefon: +998975576925

E-mail:   yuldoshev.utkir@inbox.ru

Ôîéäàëè ìàíáààëàð