Yangiliklar

Diniy bagʻrikenglik ota-bobolarimizdan meros boʻlgan milliy qadriyat




Jamiyatimizda doʻstlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida yurtimiz boʻylab “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazilmoqda.

Haftalik doirasida Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida “Diniy bagʻrikenglik ota-bobolarimizdan meros boʻlgan milliy qadriyat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekani B. Hasanova, Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi Qoʻqon shahar boʻlimi boshligʻi I. Fayzullayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi Qoʻqon shahar boʻyicha bosh mutaxassisi G. Homidova, Degrezlik masjidi imom xatibi I.Aʼzamov, Oʻzbek tili kafedrasi dotsentlari I. Madrahimov, M. Meliboyeva, katta oʻqituvchi M. Meliboyeva, Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsentlari T. Toshboltayeva, M. Joʻrayev, fakultet tyutorlari S. Azamxodjayeva, D. Mamatxojiyeva hamda talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatini ochib bergan fakultet dekani B.Hasanova 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida soʻngi yillarda davomida diniy bagʻrikenglikni taʼminlash sohasida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilganligini taʼkidlab oʻtdi.





Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabrda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi.

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, Oʻzbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda Toshkent Islom universiteti, “Mir Arab” oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar oʻquv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat koʻrsatmoqda. 2020–2021 oʻquv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ham ochildi.

“Islomning bagʻrikengligini biz hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy namunalarida toʻliq va ravshan koʻrishimiz mumkin. Zero, umuman risolatning maqsadi, asosiy vazifasi odamzotning bu dunyodagi hayotini yengillatib berish, oxiratda esa abadiy rohat makonidan oʻrin olishiga yordam berishdir” – deydi Degrezlik masjidi imom xatibi I.Aʼzamov.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti ekanligini, jamiyatimizdagi oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uygʻun yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotganini eʼtirof etdilar.

Tadbir yakunida talabalar ozlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob olishdi.

Ôîéäàëè ìàíáààëàð