Yangiliklar

Rishtondagi xalqaro kulolchilik markazi bilan hamkorlik yoʻlga qoyildi

Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Rishton tumani oʻzining kulolchiligi bilan doimo mashhur boʻlib, Markaziy Osiyoda uni ishlab chiqarish markazi boʻlgan. Bugungi kungacha milliy kulolchilik anʼanalari avloddan-avlodga oʻtib, jadal rivojlanishda davom etmoqda.

Bugun Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Shavkatovna amaliy tashrif bilan Rishtondagi xalqaro kulolchilik markazida boʻldi.

2021-yilda Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik markazi ochilgan. Markaz oʻzida Rishton tarixi muzeyi, 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni jam qilgan. Hunarmandlar birinchi qavatdagi ustaxona va savdo doʻkonlarida oʻz faoliyatini yuritishsa, ikkinchi qavatda oilalari bilan hayot kechiradi.

Oʻzbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov markaz haqida mehmonlarga maʼlumot berdi. Uning aytishicha, xonadonlarda mehmonxonalar ham boʻlib, tashrif byuruvchilar shu yerda yashab, kulollar ishi bilan yaqindan tanishishi hamda oʻrganishi mumkin.

Alisher Nazirovning shogirdlaridan biri koʻzi bogʻliq holatda idish yasab, mehmonlarga oʻz mahoratini namoyish etdi.

Tashrif davomida rektorimiz mashhur kulollar Muzaffar Saidov va Sharofiddin Yusupov xonadoniga ham kirib, ular tayyorlagan kulolchilik namunalari bilan ham tanishdi.

Tashrifdan koʻzlagan asosiy maqsad oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda oʻzaro tajriba almashish, markaz bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish edi. Ezgu maqsad yoʻlida Qoʻqon davlat pedagogika instituti va Rishton Xalqaro kulolchilik markazi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlgan hamkorlik natijasida kelgusida seminarlar oʻtkazish, markazda kafedralar filiallarini ochish, Milliy hunarmadchilik va amaliy sanʼat fakulteti qoshida kulolchilik sexi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, talabalar amaliyotini mrkaz bilan hamkorlikda amalga oshirish kabi masalalar yoʻlga qoʻyiladi.

QDPI matbuot xizmati