Yangiliklar

Kredit-modul tizimi boʻyicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda








Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmonda oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish belgilab berilgan. Jumladan, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalarining 85 foizi kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtilgandi.

Ayni kunlarda Qoʻqon davlat pedagogika institutida kredit-modul tizimi boʻyicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Seminar-treninglarda kredit-modul tizimining afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham toʻxtalib oʻtilmoqda.

Mazkur tizimning oliy taʼlimga joriy qilinishi oʻqitish sifatini oshirish, shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga barham berish, taʼlim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil oʻqib-oʻrganib, oʻz ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi koʻhna qitʼaning deyarli barcha oliy oʻquv yurtida amaliyotga joriy etilgan.

Seminar-treninglar joriy yilning 24-yanvariga qadar davom etishi belgilangan.

QDPI matbuot xizmati