Yoshlar bilan ishlash ma`naviyat va ma`rifat yo`nalishidagi ishlar

Bayrogimiz-faxrimiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami bugun butun mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanmoqda.




Xususan, Qoʻqon davlat pedagogika institutida ushbu tarixiy va shonli sana munosabati bilan turkum madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. 18-noyabr kuni Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida mustaqilligimiz barqarorligi timsoliga bagʻishlab Bayrogʻimiz faxrimiz mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dekani B.Hasanova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi Y.Alimova, fakultet tyutorlari G.Haydarova, D.Mamathojiyeva, S.Aʻzamxodjayeva, pedagogika-psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi M.Karimova, oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi M.Meliboyeva, oʻzbek adabiyoti kafedrasi oʻqituvchi F.Mamatqulova hamda fakultet talabalari hamda talabalar jam boʻldi.



Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni ochib bergan fakultet dekani B.Hasanova milliy ramzlarning siyosiy hayotimizdagi oʻrni xususida batafsil tushuntirishlar berdi va talabalarga bu kunning ahamiyati muhim ekanligini taʻkidladi. Hatto tarixda ajdodlarimizning oʻz bayrogʻiga boʻlgan hurmat va eʻtibori yuksak boʻlganini taʻkidlab, bugungi tadbirdan maqsad talabalarni va yosh avlodni milliy ramzlarimizga ehtirom ruhida tarbiyalash lozimligi aytildi.



Tadbirda soʻz olgan Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi Y.Alimova bugungi kun yoshlari oʻz milliy ramzlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishi muhimligi, bu kunni doimo bayram sifatida nishonlash, bayrogʻimiz jahon arenalarida hilpiraganda bu yurtning har bir fuqarosi cheksiz faxr tuygʻularini his qilishi aytildi. Bu siyosiy tadbirga talabalarning ishtirokini alohida eʻtirof etgan holda, milliy ramzlarga hurmat har bir fuqaroning burchi ekanligini taʻkidladi.



Navbat badiiy qismga berilib, 104-guruh talabalari tomonidan bayroq va vatan mavzusida turli sheʻr, qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida 104-guruh talabalari tadbir mehmonlari va tadbir tashkilotchisi tyutor G.Haydarovaga oʻz minnatdorliklarini bildirdilar. Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.