Document
SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti fakultetlari ichida Jismoniy madaniyat fakulteti o'zining alohida o'rni hamda o'z tarixiga egadir. Jismoniy madaniyat fakulteti 1961 yilda institut qoshida Jismoniy tarbiya bo'limi siffatida ochilgan va shu yili 1-kursga talabalarni qabul qilish ommaviy sport ishlarini rivojlantirish tarixida muhim voqea bo'lib esda qolgan. Ushbu holat kafedra asosida tashkil etilgan. Uning mudirligiga dosent S.A.Ushakov tayinlangan. 1964 yilda yuqoridagi kafedra mustaqil holatda jismoniy tarbiya fakulteti deb tan olindi va tashkil etildi. Shu yillardan boshlab jismoniy tarbiya fakulteti tashkil topildi deb hisoblangan. Ushbu fakultetga dekan etib Z.S.Xolmesskaya tayinlangan. Bundan keyingi yillar davomida A.S.Xayimov ushbu lavozimni bajargan. 1974 -1976 yillarda M.A.Qalandarov, 1976-1989 yillarda p.f.n, dosent O'.T.Tursunov, 1989-1998 yillarda p.f.n, dosent A.A.Talipdjonov, 1998 – 2014 yillarda p.f.n R.M.Rasulov, 2014 – 2021 yillarda A.Yu.Mahkamovlar fakultetda o'quv jarayonlarini takomillashtirish va institutda ommaviy sport ishlarini kuchaytirishga va uning moddiy texnik bazasini munosib mustahkamlashga katta hissa qo'shganlar. Mazkur fakultetni 2021 yil iyul oyidan p.f.n, dosent Alidjon Akramovich Talipdjonov boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda jismoniy madaniyat fakultetida 2 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. “JISMONIY MADANIYAT METODIKASI” KAFEDRASI Jismoniy madaniyat metodikasi kafedrasida bugungi kunda katta o'qituvchi Q.T.Arabboyev mudirlik lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ushbu kafedrada 13 nafar o'qituvchi ish faoliyatini, o'quv pedagogik jarayon hamda sport mashg'ulotlari yo'nalishi bo'yicha faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu kafedrada 1 nafar pedagogika fanlar nomzodi, professor, 1 nafar pedagogika fanlar bo'yicha falsafa doktori, 2 nafar dosent hamda katta o'qituvchi, o'qituvchi-assisent, sport ustalari o'z faoliyati bilan tahsil olayotgan talaba yoshlarga bilim berib kelmoqdalar. “SPORT VA HARAKATLI O'YINLAR” KAFEDRASI. Sport va harakatli o'yinlar kafedrasida pedagogika fanlar bo'yicha falsafa doktori Sultonov Usmon Ibrohimovich mudirlik lavozimida ishlab kelmoqda. Ushbu kafedrada 18 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu kafedrada 1 nafar pedagogika fanlar nomzodi, dotsent, 1 nafar pedagogika fanlar bo'yicha falsafa doktori, 3 nafar dosent hamda katta o'qituvchi, o'qituvchi-assisent, sport ustalari o'z faoliyati bilan tahsil olayotgan talaba yoshlarga bilim berib kelmoqdalar. Jismoniy madaniyat fakultetida qo'lga kiritilgan yutuqlari. Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olgan va hozirgi kunda ilmiy tadqiqot ishlarinni olib borib, ilmiy darajaga erishgan bir qancha olimlar yetishib chiqqan. R.M.Rasulov (p.f.n. 2007 y.), S.Yu.Usachyova (p.f.n., dotsent. 2018 y.), M.A.Tojiyev (PhD. 2021 y.), U.I.Sultanov (PhD. 2021 y.), J.Sh.Kozimov (PhD. 2021 y.), R.A.Melziddinov (PhD. 2022 y.), A.U.G'ofurov (PhD. 2022 y.) Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot ishlari bilan I.E.Ro'zmatov, Z.N.Xatamov, V.M.Jurayev, R.A.Abdullaev, A.A.Parmonov, A.Yu.Mahkamov, O.Q.Abdullayevlar shug'ullanib va dissertasiya himoyasiga tayyorlanishmoqda. Jismoniy madaniyat fakulteti Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg(Rossiya) milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti, Rossiya Qozon federal universitetining Yelabuga instituti va O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O'zbekiston yengil atletika federatsiyasi va A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan ilmiy hamkorlik shartnomalari va memarandumlari tuzilgan. Fakultet professor – o'qituvchilari tomonidan oxirgi yillarda 20 dan ziyod yangilangan darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar nashr ettirildi. Jismoniy madaniat fakultetida “Ustoz-shogird” masalalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Fakultetda Sh.Mo'minov (2011), B.Meliqo'ziyev (2018), Sh.Ergashev (2019), I.Odilova (2020)lar “Navoiy” nomli stipendiya sazovori bo'lganlar. Fakultet talabalari bir necha bor fan olimpiadalarida sovrindor o'rinllarni egallab kelishgan. Jismoniy madaniyat fakulteti tarixida ko'plab taniqli olimpiada, jahon va Osiyo chempionlar, terma jamoa a'zolari, O'zbekiston chempionlari, “Universiada” g'oliblari ham tahsil olishgan. N.Xasanov, N.Osmonov, M.Qurbonov, R.Abdullayev, Sh.Rahmonqulov, E.Yermakov, R.Melziddinov (futbol), B.Meliqo'ziyev, O.Sharipov, S.Abdullayev, R.Sultonov, O'.Rahmonov, F.Meliboyev, A.Qodirov, K.Mardonov (boks), O.Voronina, D.Saydaliyev, E.Tunguskova, X.Axmadaliyev, N.Ro'zmatov, S.Erkinova (yengil atletika), I.Minibayev, M.Oripova (fextovaniya), J.Ehsonov, K.Abdurasulov, Sh.O'sarqulov, B.Nurmatov, J.Satimov, K.Mahkamov, X.Vahobov, J.Toshmuhammedov, O.Karimov (kurash), M.Abdumutalova (sambo), I.Ashurov, G.Normatova (qo'l jangi), A.Tilavov, D.Bashirov, I.Baranov, J.Qudratov, X.Olimov, M.Xaydarov, B.Abduraximov (dzyu-do), F.Yusupova, D.Xasanova(gandbol), A.Kashirin, Z.Gofurov, S.Vlasov, V.Shendrikov, V.Malikov, M.Shodmonov, X.Xamroqulov, I.Meliyev, Sh.Meliqulov (voleybol), Sh.A'zamov, J.Nurmatov (baydarkava kanoe). Hozirgi kunda ham fakultetimizda bir qancha kuchli sportchilar tahsil olishmoqda. Mohigul Xamdamova – Tokio 2020 Paraolimpiada o'yinlari g'olibi(yengil atletika, disk uloqtirish), M.Rasulov – yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati sovrindori, X.Rasulov – boks boyicha Osiyo chempioni, Sh.Mirolimov – “Universiada” golibi. Fakultetimiz talabalaridan B.Meliqo'ziyev (2018), M.Xamdamova (2022) “Yil talabasi” nomiga sazovor bo'ldi. Hozirgi kunda fakultetda 10 dan ziyod sport turlari va 3 ta fan to'garaklari faoliyat olib bormoqda. To'garaklarga malakali ustoz murabbiylar boshchilik qilmoqda. Fakultet talabalari darsdan bosh vaqtlarini sport va fan to'garaklarida mazmunli o'tkazishmoqda.

FAKULЬTET MA'MURIYATI:
...

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani:

Maxkamov Akmal Yuldashevich

Qabul vaqti: xar kuni soat 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (+99890) 344-79-79 (+99899) 305-22-27
E-mail: maxkamov164@mayl.ru

...

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini:

Abdullaev Rustam Abduvalievich

2010 yilda Qo'qon davlat pedagogika institutini Jismoniy tarbiya mutaxasisligi bo'yicha bitirib, O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universitetining magistratura bo'limiga o'qishga kirib mazkur universitetni 2012 yil adaptiv jismoniy tarbiya yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. 2014 yil Dang'ara tumani sanoat kasb-hunar kollejiga jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lib ishga qabul qilingan. 2015 yil Qo'qon Davlat pedagogika instituni Jismoniy madaniyat fakulьtetini Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasiga stajyor o'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2016 yil 1 fevraldan Jismoniy madaniyat fakulьteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.Ish jaraeni davrida kuplab maьnaviy tadbirlar utkazish bilan birgalikda sport musobakalari goliblari bilan davra suxbatlari , talabalar urtasida jinoyatchilikga va karrupsiyaga karishi kurash buyicha Prokuratura va IIB xodimlari ishtirokida tadbirlar xamda davra suxbarlarini muntazam utkazib kelinmokda. Fakulьtetda taxsil olayotgan talabalarni kunning ikkinchi kismida nazorat kilish maksadida TTJ,ijorada yashovchi talabalar bilan muntazam ravishda tarbiyaviy ishlar olib borilmokda.

Qabul vaqti: Xar kuni soat 14:00-17:00 gacha
Telefon: (+99891) 140-34-40
E-mail: rustamqdpi@gmail.com

...

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari:

Tursunov Mirkamol Turdalievich

2006 yil Qo'qon Davlat pedagogika institutini Jismoniy tarbiya mutaxasisligi bo'yicha tamomlab, O'zbekiston Davlat unversitetiga 2007 yil o'qishga qabul qilinib, 2009 yil tamomladi.Xozir kunda fakulьtet mikiyosida ukuv jarayonlari , ukuv amaliyoti ,davlat amaliyoti,kunninng ikkinchi kismida talabalarni mustakil taьlim olishlari uchun bir kator amaliy ishlarni shakilantirib kelmokda.

Qabul vaqti: Xar kuni soat 14:00-17:00 gacha
Telefon: (+99890) 564-14-05
E-mail: tursunovqdpi@gmail.com

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • : +998785421143
  • : Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi, 23-uy
  • : kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlarni himoyalagan