SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

O‘ZBEK ADABIYITI KAFEDRASI TARIXI

1939 -yil 1- iyuldan kunduzgi o‘qituvchilar pedagogika instituti tashkil qilingach, shu yildan o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan. 1962- yili kafedra O‘zbek tilshunosligi va O‘zbek adabiyoti kafedralariga bo‘lindi. 1971-76- yillarda o‘zbek adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi,dotsent L.Zohidov mudirlik qildilar. 1976-84 – yillarda filologiya fanlari nomzodi,dotsent N.Abdullayev mudirlik lavozimida ishladi. 1984-93- yillarda kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent L.Zohidov boshqardi. 1993-95- yillarda filologiya fanlari nomzodi,dotsent R.Tojiboyev mudirlik qildi. 1995-96- yillarda filologiya fanlari nomzodi,dotsent M.Siddiqov kafedra mudiri lavozimida ishladi. 1996-2009-yillarda adabiyotshunos olima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hoshimova kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. 2010-2015- yillarda pedagogika fanlari nomzodi,dotsent B.Abdurahmonova mudirlik qildi. 2015-2020-yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Jamoliddinov rahbarlik qildi. 2020-2021-yilda filologiya fanlari nomzodi,dotsent D.Zohidova o’zbek adabiyoti kafedrasini boshqardi. 2021-yildan hozirgi kunga qadar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Abdurahmonova mudirlik qilib kelmoqda. Ayni paytda 14 nafar asosiy shtatda, 1 nafar o‘rindosh, jami 15 nafar tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 14 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar,jumladan,1nafari filologiya fanlari doktori (Z.B.Qobilova), 13nafari fan nomzodlari. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.M.Hoshimova, f.f.n., dotsent M.Siddiqov, p.f.n., dotsent M.Jamoliddinov, p.f.n., dotsent B.Abdurahmonova, f.f.n., dotsent D.Zohidova, fil.f.d. (Phd), dotsent B.Hasanova, fil.f.d. (Phd),katta o’qituvchi T.Toshboltayeva, fil.f.d. (Phd), M.Mamatqulova, fil.f.d. (Phd), M.Saidakbarova, fil.f.d. (Phd), M.Djo’rayev, fil.f.d. (Phd), O.Abdurahmonova, fil.f.d. (Phd), H.Xolmatova,1 nafar ilmiy darajasiz katta o‘qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati 94 % ni tashkil etadi. Yil yakuniga qadar kafedra ilmiy salohiyati 100% ga etkaziladi. 2021-2022- o‘quv yilida kafedra a’zolari tomonidan 24 ta yuqori imfakfaktorga ega jurnallarda, 5 ta Skopusda, 24 ta OAK jurnalida, 32 ta xalqaro anjumahlarda maqola chop etilishiga erishildi hamda 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1ta monografiya chop etildi. Kafedra a’zolaridan N.Tursunova tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • +998785421143
  • Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi
  • kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlar himoyalangan