SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

O’zbek tili kafedrasi

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi 1939-yil 1-iyulda tashkil etilgan. 1962-yili 2 ta kafedraga bo’lingan: o’zbek tilshunosligi va o’zbek adabiyoti. O’zbek tilshunosligi kafedrasiga dastlab I.Rasulov, B.Madaliyev, so’ngra J.Abdullajonova, O.Bozorov, R.Shukurov, I.Po’latov, 2000-йиллардан бошлаб эса илмий даражага эга бўлган I.Madrahimov, Sh.Akramovlar mudirlik qilganlar. 2016-yil yanvar oyidan boshlab Sh.Akramov mudirlik qilmoqda. 1934-1962-yillarda kafedrada B.Jalolov, B.Madaliyev, X.Yadixonova, O.To’raqulov, M.Saydaliyev, I.Suyarov, J.Abdullajonova, S.Nabiyeva kabi o’qituvchilar ta’lim berdilar. Keyinchalik kafedra institutni tamomlagan iqtidorli mutaxassislar hisobiga kengaydi. N.Oxunov, S.To’ychiyev, O.Bozorov, I.Po’latov, M.Mamadiyeva, O.To’xtasinova kabilar o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatib, kafedrada ishladilar va ilmiy izlanishlar olib bordilar. Jumladan, O.Bozorov va I.Po’latovlar Moskvadagi Tilshunoslik instituti aspiranturasida ta’lim oldilar. Kafedradagi ta’lim-tarbiya hamda ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishida institutda 1951-yilda birinchi bo’lib nomzodlik dissertatsiyasini va 1980-yilda birinchi bo’lib doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan hamda professor unvoniga sazovor bo’lgan I.Rasulovning xizmatlari beqiyosdir. Kafedra a’zolari o’zlarining pedagogik faoliyatlari davomida oliy hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun ko’plab darsliklar, ilmiy-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy-ommabop risolalar yaratgan va nashr ettirganlar. Xususan, bunga professor I.Rasulovning “Hozirgi o’zbek tilida bir sostavli gaplar” (1974), pedagogika institutlarining BTM fakultetlari uchun “O’zbek tili” (1962-1965-1970-1978), o’rta maktablar uchun “Diktantlar to’plami” (1959 va keying nashrlar), pedagogika institutlari va universitetlar talabalari uchun “O’zbek tili o’qitish metodikasi” darsligi (1975), universitet va pedagogika institutlari filologiya fakultetlari talabalari uchun “O’zbek tili stilistikasi” (1989) kabi, shuningdek, dotsent B.Madaliyevning “Hozirgi o’zbek tilidagi qo’shma so’zlar”, “Ona tili darslari samaradorligini oshirish”, dotsent N.Oxunovning “Antroponimika nima?”, “Joylar va nomlar”, “Til va joy nomlari”, “Toponimlar va ularning nomlanishi xususiyatlari” singari risolalarini misol qilib keltirish mumkin. Kafedra a’zolaridan J.Abdullajonova, N.Oxunov, O.Bozorov, I.Po’latov, N.Po’latov, M.Boshmonovlar ham o’zbek tilshunosligining leksikologiya, morfologiya, sintaksis, o’zbek tilini o’qitish metodikasi sohalari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishga erishdilar. Bugungi kunga kelib kafedraning ilmiy salohiyati 54%ni tashkil etadi. Kafedradagi 13 nafar asosiy shtatdagi o’qituvchilarning 8 nafari ilmiy darajali. Xususan, dotsent A.Hasanov, U.Yigitalievlar doktorlik ishining navbatdagi bosqichi uchun harakat qilishmoqda. Bundan tashqari yana kafedra a’zolaridan R.Jo’raeva, N.Mahmudovalarning seminari o’tkazilib, yaqin kunlarda himoyaga chiqishlari kutilmoqda. Ular himoyasidan keyin kafedra salohiyati 70 foizdan iborat bo’lishi kutilmoqda.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • +998785421143
  • Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi
  • kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlar himoyalangan