Markaz va bo`limlar

Magistratura bo`limi

Bo`lim boshlig`i

Bozorov Otabek Odilovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Seshanba(13:00-15:00), Juma(13:00-15:00)
Telefon: +99890-974-17-65
Elektron pochta: otabek.bek1985@mail.ru

MAGISTRATURA BO`LIMI FAOLIYATI

 

Qo’qon davlat pedagogika institutida magistratura mutaxassisligiga 2003-2004 o‘quv yilida ilk marotaba matematika o’qitish metodikasi (5A140101), fizika o’qitish metodikasi (5A140201) va o‘zbek tili va adabiyoti (5A141201) mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar qabul qilingan.

Mutaxassisliklarning ko‘lami kengayganligi va magistrantlarni soni ortganligi inobatga olinib, 2008 yil institut rektori buyrig‘iga asosan magistratura bo‘limi tashkil etilgan.

Hozirgi kunda magistratura bo‘limida 11 ta mutaxassislik bo‘yicha 157 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. 2019-2020 o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar tayyorlanmoqda:

1. 5A110101-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika);

2. 5A110201-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya);

3. 5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo);

4. 5A110601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix);

5. 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari;

6. 5A111201-O’zbek tili va adabiyoti;

7. 5A111401-Xorijiy til va adabiyoti;

8. 5A111701-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim);

9. 5A111801-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim);

10. 5A110903-Ta’lim muassasalarining boshqaruvi;

11. 5A111301-Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti).

2020-2021 o‘quv yilida magistratura bo‘limida quyidagi yangi mutaxassisliklarni ochish rejalashtirilgan:

5A110802-Muhandislik grafigasi va dizayn nazariyasi.

5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)

5A111901-Maxsus pedagogika, defektologiya: logopediya

 

Magistraturaning ta’lim dasturlari aniq mutaxassislik bo‘yicha fanlarni fundamental va amaliy o‘rganish bilan birga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatni qamrab oladi.

Magistratura bo‘limini rivojlantirish, magistrantlarni ilmiy ishlarini chuqurlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarini talab darajasida tayyorlanishi uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori asosida magistrlik dissertatsiyasiyasini bajarish bo’yicha tegishli uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan.

Magistratura mutaxassisliklarida malakali kadrlar tayyorlash borasida stajirovka (ilmiy amaliyot) lar muhim o‘rin egallashi ko‘nikmalar va tajribalar hosil qilinishini inobatga olinib ilmiy amaliyotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlangan.

Institut mutaxassisslik kafedralari va o’quv bo‘limi magistratura bo‘limi bilan birgalikda hozirgi kun talabi asosida kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirilayotgan vaqtda magistrantlarni har tomonlama bilimli bo‘lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu kungacha 11 ta mutaxassisliklarida ta’lim olish uchun barcha sharoitlar mavjud. Har bir magistrantning ilmiy ishlari uchun yangi ma’lumotlar, yangiliklar, ilmiy maqolalar bilan tanishib borishlari uchun INTERNET tizimidan foydalanishlariga qo‘shimcha imkon yaratilgan. Ularga har haftada kompyuter markazida ishlashlari uchun alohida vaqt va kompyuter xonalari ajratilgan.

Magistrantlarimizni ilmiy ishlarini olib borishlari, fan rivojiga hissa qo‘shishlari, o‘z sohalarini yetuk mutaxassislari bo‘lib etishishlarida tajribali professor-o‘qituvchilarimizni o‘ziga hos hissalari bor. Institutni ilmiy potentsiali mutaxassisliklar bo‘yicha yetarli bo‘lishi bilan birga ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, mutaxassislik yo‘nalishlarini kengaytirish, ilmiy sohani yanada kuchaytirish maqsadida  markaziy oliygohlardan professorlar jalb etilib magistrantlarga fan sirlarini o‘rgatmoqdalar.

Bo’limni turli yillarda qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi I.Yusupov, pedagogika fanlari nomzodi S. Muhammadiyeva, falsafa fanlari nomzodi M. Temirboyev, tarix fanlari nomzodi B.Aminov, 2019-yildan hozirgi kungacha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori O.Bozorov boshqarib kelmoqda.