Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
QDPIda ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o`quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o`rganish;
QDPI talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o`rganib borish, tahlil qilish;
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
QDPIni ichki attestasiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni QDPI rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
Attestasiya, ta’lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda QDPIda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish;
Ta’lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
QDPIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo`lim, markaz, akademik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o`tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha QDPI rahbariyatiga takliflar kiritish;
QDPI professor-o`qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qilish;
QDPIning o`quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;
QDPIda talabalar amaliyotining ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
Davlat inspeksiyasining topshirig`iga binoan QDPI reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish;
talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
QDPIdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o`rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o`qituvchi va kadrlar iste`molchilari o`rtasida ijtimoiy so`rovlar o`tkazish;
Bo`lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” jamg`armasi yoki xalqaro loyihalar va QDPI hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o`quv va ilmiy markazlari tajribasini o`rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
QDPI reytingini xalqaro darajaga ko`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
QDPI tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o`quv seminarlari va treninglarni o`tkazish;
QDPIda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazib borish;
O`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig`i masalalari monitoringini yuritish;
QDPI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo`lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o`rganish va monitoring natijalari to`g`risida ma’lumotlar berib borish;
Ta’lim sifati holatini o`rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni QDPI rahbariyatiga taqdim etish.