Qo‘qon davlat pedagogika institutining O‘quv-uslubiy boshqarmasi
(keyingi o‘rinlarda O‘quv-uslubiy boshqarma deb yuritiladi) O‘zbekiston
Respublikasida yuksak malakali, zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida
ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari, malaka talabalari hamda o‘quv
rejalar asosida o‘quv ishlarni tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy
tuzilma hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari
- O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzilishi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini nazorat qiladi;
- Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi;
- Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlaydi;
- Kafedra va dekanat bilan birgalikda baholashning amaldagi reyting (baholash) tizimini amalda qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi;
- Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etadi;
- Kurs ishi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini buyurtmachi tashkilotlarning takliflari asosida dolzarb muammolarga bag‘ishlanishini ta’minlaydi hamda yozilishini nazorat qiladi;
- Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda kafedralar ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun O‘quv-uslubiy kengashi hamda institut Kengashiga taqdim etadi;
- Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;
- Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi;
- Vaqt me’yorlari asosida institutning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlar hajmini va tarkibini aniqlaydi hamda tasdiqlash uchun institut Kengashiga olib chiqadi;
- Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib boradi va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi;
- Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va institutning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashadi;
- Institut shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi;
- Institut Kengashi va O‘quv-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- Bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish (DAK) bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tayyorlaydi va ularni institut bo‘linmalari, dekanatlar va kafedralarga etkazadi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qiladi;
- Institut kafedralarining kabinet mudirlari, dekanatlar kotibalarining o‘quv-uslubiy faoliyatini boshqaradi, ularning ish hujjatlarini yuritishlari va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi;
- Kafedra professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi;
- Institut kafedralari, fakultet dekanatlari o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi va institut Kengashlari muhokamasiga kiritadi;
- Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.
O‘quv-uslubiy boshqarma tarkibi
O‘quv-uslubiy boshqarma tarkibi - boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, uslubchi, o‘quv ishlari bo‘yicha inspektor, dispetcher va ish yurituvchi lavozimlaridan iborat.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi metodikasi(boshlang`ich ta`lim)
Ta`lim
va tarbiya nazariyasi metodikasi(maktabgacha ta`lim)
Maxsus pedagogika_defektologiya(logopediya)
Jismoniy
tarbiya va sport mashg`ulotlari nazariyasi
O`quv reja bakalavr
Matematika
o`qitish metodikasi
Fizika
va astronomiya o`qitish metodikasi
Geografiya
o`qitish metodikasi
Informatika
o`qitish metodikasi
Tasviriy
san`at va muxandislik grafikasi
Ona
tili(rus o`zga tilli guruh)
Ona
tili va adabiyoti(rus tili va adabiyoti)
Milliy
g`oya ma`naviyat asoslari va xuquq
Boshlang`ich
ta`lim va sport tarbiyaviy ish