Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti respublikaning eng tarixiy institutlaridan biri. Kutubxona tarixi institut tarixi bilan bog`lanib turadi. 1930-yillarning boshlarida Moskva, Leningrad, Toshkentdan kelgan adabiyotlar, ijtimoiy fanlar, o`zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, chet tillari, maktabgacha ta`lim va boshqa mavzulardagi darslik va o`quv qo`llanmalari asosida shakllana boshladi. Institutda 10 ming nusxadan ortiq kitob va boshqa nashrlardan iborat bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida”gi Qarori Qo`qon shahridagi Markaziy kutubxonasi bilan Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi (ARM) bilan birlashtirildi.
Institut professor-o`qituvchilari va talabalari uchun sharoit yaratish maqsadida institut kompleksida joylashgan xizmat ko`rsatish bo`limi 8: 00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi. Turon ko`chasi 7-uyda joylashgan Adabiyotlar va elektron axborotli resurslar bo`limining aholiga xizmat ko`rsatish bo`limi shaharning boshqa ta`lim muassasalari talabalari va o`qituvchilariga soat 8:00 dan 16:00 gacha xizmat ko`rsatadi.
Axborot-resurs markazining barcha bo`limlarida professor o`qituvchilar va talabalar uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazining umumiy fondi juda boy hisoblanib, bu adabiyotlar o`zbek tilida, rus tilida, ingliz tilida va boshqa tillarda mavjud.
Institut axborot-resurs markazi hozirda pandemiya munosabati bilan an`anaviy va masofaviy ta`lim tizimi bo`yicha faoliyat yurityapti.. Shu kungacha 6244 ta kitobxonlar a`zoligini tashkil etadi. Shundan talabalar 4793 ta, professor-o`qituvchilar 390 ta, hodimlar 106 ta, chetdan (institut bilan hamkorlik qilayotgan kollejlar, akademik litsey va yaqin atrofdagi mahalliy aholi va tashkilotlardan) 955 tani tashkil etadi.
Axborot-resurs markaziga 2020-yil oktyabr oyigacha 37000 kitobxonlar qatnovi, 61444 nusxa kitob berilishi qayd qilindi.
Hozirda axborot-resurs markazi fondini muntazam elektron resurslar bilan boyitish va yagona bazasini shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda. Axborot-resurs markazidagi elektron bazasida turli soxa va fanlarga oid 14064 mingta elektron ma`lumotlar ba`zasi mavjud bo`lib,shundan axborot-resurs markazidagi elektron ko`rinishdagi darsliklar 3861 ta, o`quv qo`llanmalar 5999 ta, badiiy adabiyotlar 3772 ta, o`quv uslubiy majmualar 750 ta, ma`ruza matnlari 686 ta, shuningdek turli xil elektron ko`rinishdagi adabiyotlar va audio adabiyotlarni tashkil etadi.
2020-2021 o`quv yilidan boshlab institut platformasida elektron kutubxona bo`limi yaratildi. Ushbu bo`lim orqali institut ARMidagi barcha elektron adabiyotlardan foydalanish mumkin. Hozirgi kunga qadar platformaning elektron kutubxona bo`limiga 4500 dan ziyod elektron adabiyotlar joylandi. Platformaning elektron adabiyotlar bo`limida adabiyotlar fanlar bo`yicha joylashtirilgan.
Bundan tashqari talabalarga qulaylik sifatida masofaviy ishlash tizimi “telegram mesenjer” ijtimoiy tarmog`ida ARM elektron kutubxona bo`limi guruppa tashkil qilinib, talabalarimiz tomonidan so`ralayotgan boshqa adabiyotlarni ham topib tashlab berilmoqda.
Axborot-resurs markazining hozirgi kundagi umumiy kitob fondi 56764 nomda , 253217 sondagi adabiyotlardan iborat.
Shundan:
- Darsliklar 3211 nomda, 45470sonda;
- O`quv qo`llanmalar 4176nomda, 37099sonda;
- Badiiy adabiyotlar 30714nomda, 86680sonda;
- Ilmiy adabiyotlar 5160nomda, 17560sonda;
- Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 13503 nomda, 66408 sondagi adabiyotlardan iborat.
Tillar kesimida:
- Kiril – 21001 nomda, 133501 sonda ;
- Lotinda – 1453 nomda, 21643 sonda ;
- Rus tilida 33704 nomda, 91348 sonda ;
- Ang+ nem.-606 nomda, 6725 sonda ;
Axborot-resurs markazida 4 ta bo`lim faoliyat olib boradi:
Qabul qilish, to`ldirish va kataloglashtirish bo`limi (bo`lim mudiri L.Ruzmatova).
Adabiyotlar va elektron axborotli resurslari bo`limi (bo`lim mudiri M.Mirqurbonova).
Ilmiy-uslubiy bo`lim va axborot-ma`lumotnoma bo`limi (bo`lim mudiri V. Xlebnikova).
Axborot texnologiyalari bo`limi (bo`lim mudiri G. Usmanova).
Axborot-resurs markazida faoliyat olib boradigan xodimlar 26 kishini tashkil etadi. Ulardan 18 ta xodim oliy ma`lumotli (5 ta xodim oliy maxsus ma`lumotga ega), 8 ta xodim o`rta maxsus (4 ta xodim ikkinchi darajali kutubxonachi ma`lumotga ega).
Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida ma`naviy-ma`rifiy ishlar tag`iboti keng yo`lga qo`yilgan :
yangi kitoblarni namoyish etish;
byulletenlar va tavsiyanomalar ro`yxati;
axborot kunlari o`tkazilishi;
taqdimotlar, uchrashuvlar, munozaralar, konferentsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish.
Axborot-resurs markazida kataloglar (alfavit, sistematik), gazeta va jurnallar maqolalari kartotekalari va boshqalar orqali foydalanuvchilarning adabiyotlarga bo`lgan talab va ehtiyojlari qondirib kelinmoqda.
2020-yilga 57-nomda , 57 -sonda vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo`lindi. 2021- yil uchun vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo`lish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shundan : Gazetalar : 20 nomda va nushada
Jurnallar : 37 nomda va nusxada