Markaz va bo`limlar

Ma`naviy va ahloqiy tarbiya bo`limi

Bo`lim boshlig`i

Usmonov Elbek Mamatqodirovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Dushanba(), Seshanba(), Chorshanba(), Payshanba(), Juma(), Shanba()
Telefon: +998903062233
Elektron pochta:

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi.

Qo`qon davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya ishlar rejasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida”gi PQ–3160-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4307-sonli qarori  asosida olib borilmoqda.

         Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil qilishning maqsadi etib, quyidagilar belgilab olingan:

-        institutda bugungi kunda davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishga qodir, davlatning ichki va tashqi siyosatini to`g`ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo`lgan irodasi baquvvat, iymon-e’tiqodi butun va vijdoni uygoq mutaxassislarni tayyorlash;

-        talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbilash, ular ongiga milliy goya va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, o`qitiladigan barcha fanlarni milliy g`oya bilan uyg`un bo`lishini ta’minlash, talabalarda siyosiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish ishlarini tizimli asosda yo`lga qo`yish;

-        talabalarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mamlakatda qabul qilingan qonun, farmon, qaror, farmoyishlar, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatidan xabardorligini ta’minlash orqali ulardagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish;

-        institutda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tizimida natijadorlik, amaliyot va ijro intizomini yuksaltirish bo`yicha amaliy mexanizmlarni joriy qilib borish;

-        institutda talabalar, doktorantlar, professor-o`qituvchilar, ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari vakillari o`rtasidagi o`zaro sog`lom ma’naviy muhitni ta’minlash.       

         Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil qilishda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan:

-        institutda O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan ma’naviy - ma’rifiy, axloqiy- tarbiyaviy sohaga oid qonun, farmon, farmoyish, qaror va Davlat dasturlari hamda tegishliligi bo`yicha vazirlik, idoralardan tushirilgan hujjatlarning ijrosini ta’minlash;

-        ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish;

-        Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyatini tashkil etish hamda jamoat tashkilotlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralar (yo`nalishlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;

-        O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tarkibiga kiruvchi barcha tizimlarning viloyat bo`limlari, huquq-tartibot organlari, diniy va siyosiy hamda boshqa tashkilotlar bilan talaba-yoshlar tarbiyasi borasida hamkorlik ishlarini muntazam tashkil etish;

-        talabalar va professor-o`qituvchilar, ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari orasida sog`lom ma’naviy muhitni shakllantirib borish, shuningdek, sport-sog`lomlash tirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordik chikarish tuzilmalarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat kilish;

-        “Ma’naviyat soati”, “Axborot va murabbiylik soati”, “Ma’naviyat kuni”ni yuksak saviya va talab darajasida o`tilishi, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni nazorat qilish hamda ushbu yo`nalishdagi tadbirlarga yetuk mutaxassislarni taklif qilish ishlarini tashkil etish;

-        talabalar, professor-o`qituvchilar hamda ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari vakillari muammolarini o`rganish, kasaba uyushmasi tashkiloti, bilan hamkorlikda ularning manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama faolliklarini tashkil etish;

-        talabalar tarbiyasida ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;

-        murabbiylik tizimi faoliyagiga rahbarlik qilish va mazkur tizimning milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlanishiga erishish;

-        ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik pshlarini gashkil lpsh va ularda professor-o`qituvchilarning faolliklarini oshirish;

-        Ma’naviyat va ma’rifat bo`limining ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

-        fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari ishini muvofiqlashtirish va faoliyatini nazorat qilish;

-        o`quv binolari, talabalar turar joylari va kafedralarni bugungi kun talablari (Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan namunaviy tartib) asosida tasviriy targ`ibot vositalari bilan jihozlanishini nazorat qilish.

-        institutdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish va natijadorligini oshirish.