Kafedralar

Ijtimoiy fanlar

Kafedra mudiri

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarixi

Kafedra 1931-yilda marksizm-leninizm kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan, 1972- yildan markscha-lenincha falsafa deb yuritilgan.   

1979 yilda alohida kafedra sifatida Falsafa kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrada falsafa, ilmiy ateizm va logika fanlari o‘qitilgan. O‘sha davrda kafedrada dotsentlar  Q.Tursunov, S.Yo‘ldashev, katta o‘qituvchilar J.Qo‘ziboyev, O.Aliyeva hamda yosh o‘qituvchilardan M.Aminova, M.Qahhorovlar o‘z pedagogik faoliyatini olib borganlar. 1979-yildan 1987-yilgacha kafedrani dotsent S.Yo‘ldashev boshqargan.

1985-yilda kafedra professor-o‘qituvchilaridan J. Qo‘ziboyev, M.Qahhorov, M.Aminova,  B. Aminovlar nomzodlik dissertattsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.

1986-1987-o‘quv yilidan kafedrada falsafa fanlari nomzodi J.Qo‘ziboyev  mudirlik lavozimida faoliyat olib borgan. 

1985-1990 yillarda kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari ancha faollashdi.  Dotsentlar Q.M.Tursunov, S.Yo‘ldoshev,  J.Qo‘ziboev,  M.Qahhorovlar kabi professor-o‘qituvchilar o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalari asosida monografiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ilmiy-nazariy  maqolalarini chop ettirishdi.  Keyinchalik ular safiga A.Xamedov va A.Obidjonov kabi yosh iqtidorli o‘qituvchilar qo‘shildi.

1986-yilda kafedra hayotida katta o‘zgarish bo‘ldi – dotsent Q,M.Tursunov doktorlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi hamda  kafedra  ilmiy salohiyatini yuqori ko‘tardi.

1991- yildan kafedra falsafa va siyosatshunoslik kafedrasi deb atala boshlangan.

1994-1995-yillarda f.f.d.,professor O‘.Toshtemirov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

1995-1998- yillarda f. f. n.,dotsent X.Sapoxonov kafedraga mudiri vazifasini bajargan.

1997-yilda M.A.Qahhorov doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, kafedra olimlari qatoriga yana bir fan doktori qo‘shilgan.

1998-2000-yillarda M.A.Qahhorov  falsafa kafedrasining mudiri lavozimida  ish olib borgan.

2000-2002-yillarda f. f.n., dotsent M.Aminova falsafa kafedrasida  mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2002-2011-yillarda f.f.d., professor M.A.Qahhorov kafedraga mudiri sifatida kafedrani boshqargan.      

2011-yilda falsafa kafedrasiga f.f.n., dotsent X. Sapoxonov mudir etib tayinlangan. Shu yildan kafedra “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” deb nomlangan. 

2013-2015-yilda f.f.n., dotsent M.M.Yuldasheva kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.      

2015-2018-yillarda i.f.n., dotsent N.Babayeva kafedraga mudiri sifatida kafedrani boshqargan.

2018-yildan ijtimoiy fanlar kafedrasini f.f.n., dotsent M.M.Yuldasheva boshqarib kelmoqda.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasida hozirgi kunda 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. O‘qituvchilardan  2 nafari fan nomzodi, 3 nafari katta o‘qituvchi, 9 nafari o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Xodjaev Olimxon SHavkatovich Katta o`qituvchi
Boynazarov Azamatjon Sodiqovichga Katta o`qituvchi
Abdullaev Barhayotjon Bo‘rievich Katta o`qituvchi
Mavlonov Ilxomjon Xolmirzaevich Katta o`qituvchi
Inomova Dilfuza Odilovna Katta o`qituvchi
Shamsiddinov Burhonjon Jakbarovich Katta o`qituvchi
Alijanov Axror Ganievich Katta o`qituvchi
Soliyeva Havasxon O`qituvchi
Boyqo‘zieva Go‘zalxon Xudoyberdievna O`qituvchi
Ergasheva Gulnoza Yuldashevna O`qituvchi
Mamaroziqov Azizjon Davronovich O`qituvchi
Mirahmedov Jahongir Muhsinovich O`qituvchi
Toshpo‘latova Nozimaxon Sa’dullaevna O`qituvchi
Ergasheva Xusnida Esonalievna O`qituvchi
Obidova Orasta Azamovna O`qituvchi
Meliboev Azizjon Nizomiddinovich O`qituvchi
Yusupov Axror Qurbonovich O`qituvchi
Sirojiddinova Ma’muraxon Sharofiddinovna O`qituvchi

Ôîéäŕëč ěŕíáŕŕëŕđ