1939 yil 1 iyuldan kunduzgi o‘qituvchilar pedagogika instituti tashkil qilingach, shu yildan o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan.
1962 yili kafedra O‘zbek tilshunosligi va O‘zbek adabiyoti kafedralariga bo‘lindi. 1971-76 yillarda o‘zbek adabiyoti kafedrasiga L.Zohidov mudirlik qildilar. 1976-84 yillarda N.Abdullayev mudirlik lavozimida ishladi. 1984-93 yillarda L.Zohidov, 1993-95 yillarda R.Tojiboyev, 1995-96 yillarda M.Siddiqov, 1996-2009 yillarda M.Hoshimova, 2010-2015 yillarda B.Abdurahmonovalar mudirlik qildilar. 2015 yildan kafedraga p.f.n. dotsent M.Jamoliddinov rahbarlik qilib kelmoqda.
Ayni paytda 11 nafar asosiy shtatda, 3 nafar o‘rindosh, jami 14 tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 8 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: f.f.n., dotsent M.M.Hoshimova, f.f.n., dotsent M.Siddiqov, p.f.n., dotsent M.Jamoliddinov, p.f.n., dotsent B.Abdurahmonova, f.f.n., dotsent D.Zohidova, f.f.n., dotsent Z.Qobilova, f.f.n., dotsent M.Tojiboyeva, fil.f.d. (Phd), katta o‘qituvchi B.Hasanova, 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafari o‘qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati 57 %ni tashkil etadi.
2018-2019 o‘quv yilida kafedra a’zosi Hasanova Barno Yusupovna O‘zRFA akademigi B.Nazarov rahbarligida “Asqad Muxtorning hikoyanavislik mahorati” mavzusidagi (10.00.02-O‘zbek adabiyoti) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qildi.
Kafedra a’zolaridan F.Mamatqulova, N.Xolmatova, O.Solievalar tayanch doktoranturada tahsil olmoqdalar.