Pedagogika va psixologiya kafedrasi 2015 yil mart oyida tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunda kafedrada jami 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 10 nafari asosiy shtatda; 10 nafari o‘rindoshlik asosida bo‘lib, ulardan 1 nafar Z.Azimova – pedagogika fanlari doktori, 2 nafari D.Saliyeva, N.Jo‘rayevlar psixologiya fanlari nomzodi, dotsent lavozimida; 1 nafar N. Babaeva iqtisod fanlari nomzodi, dotsent lavozimida; 2 nafari Z.Xolmatova, G.Nazirovalar pedagogika bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), 2 nafari katta o‘qituvchi lavozimida va qolganlari o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishiga 2016-2017 o‘quv yilida qabul kvotasi bo‘yicha 40 nafar talaba qabul qilingan, hozirda 4-kursda 41 nafar talaba tahsil olmoqda. 2017-2018 o‘quv yilida o‘qishga qabul kvotasi bo‘yicha 50 nafar talaba qabul qilingan bo‘lib, hozirda 3-kursda 46 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. 2018-2019 o‘quv yilida o‘qishga qabul kvotasi bo‘yicha 75 nafar talaba qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, hozirda 2- kursda 71 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. 2019-2020 o‘quv yilida o‘qishga qabul kvotasi bo‘yicha 75 nafar talaba qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, hozirda 1- kursda qo‘shimcha super kontraktlar hisobiga 119 nafar talabalar jami- 277 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Kafedrada 2018-2019 o‘quv yilida “Ta’lim tizimini boshqarish” magistratura yo‘nalishi tashkil bo‘lib, hozirda 2-bosqichda 4 nafar magistrant, 1-bosqichda qo‘shimcha kontraktlar hisobiga 16 nafar ta’lim olmoqda.
Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar: DTS, malaka talablari, o‘quv reja, ishchi o‘quv reja, fan dasturi va ishchi dasturlar, kalendar tematik rejalar, o‘quv uslubiy majmualar bilan to‘liq tayyorlangan.
Hozirda kafedrada 31 ta fan o‘qitilmoqda.
Kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Sultonov, A.Abdurashidov, D.Norqo‘ziyeva, S.Omonovalar ilmiy rahbar rozilik xatini olib, mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritmoqdalar.
Kafedra katta o‘qituvchisi G.Nazirova pedagogika fanlari doktori, professor S.T.Turg‘unov rahbarligida “Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni boshqarish” mavzusida ilmiy ishini 2019 yil avgust oyida himoya qilib, pedagogika bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) darajasiga ega bo‘ldi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshkarish texnologiyalari mavzusidagi Monografiyasi 2019 yilda nashrdan chiqdi.
Kafedrada “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akadem litsey va kasb- hunar kollejlari amaliy psixologlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusida istiqbol reja tuzilgan va bu borada kafedra o‘qituvchilari tomonidan bir qator ishlar olib borilgan. “Psixologik xizmat” fanidan 1 oylik kurslar tashkil etilmoqda. Kafedra KXK, AL va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda, shuningdek kafedraning psixolog-o‘qituvchilariga institut fakultetlari taqsimlangan bo‘lib, kafedra o‘qituvchilari fakultet dekanati bilan bog‘liqlikda talabalarga individual psixologik maslahat ishlarini olib borishmoqda.